O’zbekiston Respublikasi
oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Termiz davlat universiteti
«Tasdiqlayman»
Ro’yxatga olindi__________ Termiz davlat universiteti
2022 yil “___”________ o’quv ishlari prorektori
______dots. R.To’rayev
«____»___________2022y.
GENETIKA VA GENOMIKA ASOSLARI
fanidan
SILLABUS
(Bioligiya 3-kurs sirtqi ta’lim yo‘nalish)
Bilim sohasi: 100000 -Gumanitar
Ta’lim sohasi: 140000- Tabiiy fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5140100-Biologiya (turlar bo’yicha)
Fanga oid ma’lumotlar
Fanning malakaviy kodi:
|
SITB106
|
O‘quv yili:
|
2022/2023
|
Semestr:
|
1
|
Kafedra nomi:
|
Zoologiya
|
Ajratilgan soatlar:
|
210 soat
|
Ajratilgan kreditlar soni:
|
7
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Professor-o‘qituvchi:
|
Raimov Shaxboz Qurbonmuratovich
|
E-mail / telefon:
|
doctorshahbozbek@mail.ru (94)-464-99-94
|
Qabul soatlari:
|
Kafedrada tasdiqlangan reja-grafik asosida
|
Soatlar taqsimoti:
|
|
Semestr
|
|
|
V-semester
|
Umumiy o‘quv soati:
|
|
210
|
Auditoriya soati
|
|
30
|
Ma’ruza
|
|
12
|
Amaliy
|
|
18
|
Mustaqil ta’lim
|
|
180
|
Termiz-2022
Syllabus O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 16-iyuldagi 311-son buyrug’ining 1-ilovasi “O’zbekiston Davlat Standarti O’zbtkiston uzluksiz ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari Oliy ta’limning Davlat Ta’lim Standarti Asosiy qoyidalar” mundarijasining 5-§ “Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxasissisliklari o’quv rejalari va o’quv dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar” 10.2.4. “O’quv dasturlarini ishlab chiqish,tasdiqlash va ta’lim jarayoniga joriy etish qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi:” bandi va shu bandning 2-xat boshi talabiga muvofiq ishlab chiqildi
Tuzuvchilar:
Saidova E.A. TerDU, Zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Raimov Sh. TerDU, Zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
F. Kushanov-UzMU, “Genetika” kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi.
G. A. Dushanova-SamDU, “Genetika” kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi.
Fanning sillabusi Zoologiya kafedrasining 2022 yil ___ avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ____________X.Tangirov
Fanning sillabusi Tabiiy fanlar fakulteti Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi 1 sonli majlisida muhokama qilingan va maʼqullangan.
Fakultet Kengashi raisi:___________A. Sh. Xurramov
Fanning sillabusi Termiz davlat universiteti o‘quv metodik Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi 1 -sonli majlisida tasdiqlangan.
O‘quv metodik boshqarma boshlig‘i _________A. Ibragimov
Fanning mazmuni
Fan/modul kodi
GGAB211
|
O‘quv yili
2022.-2023
|
Semestr
5
|
ECTS - Kreditlar
7
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Taʼlim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars
soatlari
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Genetika va genomika
|
30
|
180
|
210
|
I.MODUL TAVSIFI (Description)
Talabalarga - barcha tirik organizmlar uchun xos bo’lgan irsiyat, irsiylanish va o’zgaruvchanlik va boshqa genetik qonuniyatlarni o’rgatish, tirik organizm genomlarini sekvenirlash hamda genlarning struktura va funktsiyalarini o’rganish, genom darajasida yaratilayotgan yangi texnologiyalar, ularning qonuniyatlari va prinsiplari to’g’risida bilim berishdan iborat.
II.FANNING MAZMUNI
Fanning mazmuni
Irsiyatning moddiy asoslari - xromosomalar, genlar, DNK va RNK molekulalarining struktura va funktsiyasini tekshirish, organizmlar belgi va xususiyatlarini o’rgatish. Fanining asosiy yo’nalishlari, tadqiqot usullari yuzasidan nazariy bilimlar berish va amaliy ko’nikmalarnn shakllantirish, fannning inson xayotidagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.
III. ASOSIY NAZARIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)
III.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish. Genetika fanining mazmuni, fanining maqsad va vazifalari hamda rivojlanish tarixi. Gen, genom va genetik tahlil haqida tushuncha.
Fanning predmeti va vazifalari. Genetika fani tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o’rni. O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning yo’lga qo’yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi. Genetika fanining asosiy usullari. Genetika fani tarmoqlarining klassifikatsiyasi.
Gen va genom haqida tushuncha. DNK strukturasi va funktsiyasi. Allel va noallel genlar va ularning o’zaro ta’sirida belяgilarning irsiylanishi
Genetik xilma-xillik. DNK molekulasi funktsiyasining kashf etilishi. DNK molekulasining strukturasi va funktsiyasi. Transformatsiya. Transduktsiya. DNK molekulasining replikatsiyasi va segregatsiyasi.
2-mavzu. Bir gen allellarining o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi. Genlarning komplementar, epistatik va polimer ta’siri. Strukturaviy va modifikatsion genlar.
Noallel genlarning o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanish qonuniyatlari. To’liq dominantlik holati. To’liqsiz (chala) dominantlik. Kodominantlik holati.
Genlarning o’zaro komplementar, epistatik, polimer ta’siri. Genlarning o’zaro kombinirlangan ta’siri. Genlarning o’zaro modifikatsion ta’siri.
3-mavzu. Pleyotropiya. Miqdor belgilar genetikasi. Genlarning kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarnning irsiylanishi.
Genlarning ko’p tomonlama ta’sirida belgilarning irsiylanishi (pleyotropiya). Miqdoriy belgilar va ularning genetikasi. Miqdor belgilarning irsiylanishida polimeriya va transgressiya.
Genlarning kombinirlangan tipdagi ta’sirida miqdor belgilarining irsiylanishi. Chigit tuklanishi tiplarining irsiylanishi. Tola chiqishining irsiylanishi.
4-mavzu. Xromosoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. T.Morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi. Genetik va sitologik xaritalar. Odam kariotipi va xromosoma guruhlari.
Xromosoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi. Xromosomalar shakli va o’lchami. Organizmlar xromosomalarining kariotipi va morfologiyasi. Gaploid, diploid.
Jins bilan birikkan holda va belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover jarayoni. Jinssiz va jinsiy ko’payishning tsitologik asoslari. Jins belgilanishi va irsiylanishining genetik asoslari. Jins belgilanishi va irsiylanishining turli tiplari.
Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasi. Translokatsiya, gigant xromosomalar. Xromosomalarning genetik va sitologik xaritalarini o’zaro taqqoslash. Irsiyat va irsiylanishning xromosoma nazariyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |