Genetikaning mazmuni Genetika yunoncha «geneticos»


Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati


Download 20.13 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi20.13 Kb.
#193714
1   2   3
Bog'liq
Genetika oziq ovqat

2 Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati

Genetikaning asosiy vazifalariga genning o£zgarishi, kelib chiqishi, genlaming ta’sir mexanizmlari, ulaming nazoratidagi jarayonlar va butun organizmda murakkab belgi va xususiyatlarning boshqarilishini o‘rganish kiradi. Hozirgi zamon genetikasining vazifasi nazariy muammolar bilan birga muhim amaliy vazifalarni hal etishdir. Genetika hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlaming irsiyatini tushuntirish va ulami inson manfaatlariga mos ravishda o‘zgartirish metodlari va yo‘llarini ishlab chiqishga mas’uldir. Seleksiya yangi nav va zotlami yaratish bilan shug‘ullanishiga qaramay, u irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o ‘rganmasdan rivojlana olmaydi. Genetika irsiyat va ofizgamvchanlik qonuniyatlarini o‘iganib seleksiyaning ilmiy jihatdan asoslangan metodlarini yaratish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda makkajo‘xori va boshqa o ‘simliklarda duragay yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘simliklar toza navlarga qaraganda hosildordir. Genetik qonunlarga asoslanib respublikamiz olimlari g‘o‘zaning bir qancha tezpishar, hosildor, ko‘sagi yirik navlarini yaratdilar va ishlab chiqarishga joriy etdilar. Gen injenerligi rivojlanishi bilan transgen o£simliklar va hayvonlar hosil qilindi. G enetikaning tibbiy muammolarni hal etishdagi o ‘rni ham ahamiyatlidir. Butun yer yuzidagi tug‘ilgan bolalarning 4-5 foizida turli irsiy kasalliklar namoyon bo£ladi. Trsiy kasalliklarga masalan, asab (epilepsiya), endokrin (kretinizm), qon (gemofiliya), moddalar almashinuvi bilan bog‘liq boshqa qator kasaliiklar kiradi. Odam va hayvonlar irsiy kasalliklari alohida genlarning va xromosomalaming o‘zgarishi bilan aloqador. Xromosomaning yetishmasligi yoki ortiqchaligi, hamda genlar tuzilishi va funksiyasini o ‘zgarishi turli nomaqbul hodisalarga olib kelishi mumkin. Irsiy kasalliklaming sababini bilish yoshlik davrda kasallik rivojlanishini oldini olish va davolash metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Radiatsion genetikaning rivojlanishi koinotda olib borilayotgan tadqiqotlar tufayli muhim o‘rinni egallaydi. Koinotga uchishda inson irsiyatiga turli nurlar ta’sir etishi mumkin. Binobarin koinot genetikasining yana bir muammosi koinot nurlanishi xavfliligini genetik tomondan baholash va uning oldini olish tadbirlarini yaratishdan iboratdir. Muntazam radiatsion ( / va «£?) nurlanish ta’sirida bo‘lgan odamlar avlodida nuqsonli bolalar tug‘ilish ehtimoli birmuncha yuqori boiadi.

Antibiotiklar yaratilishi va mikroorganizmlar genetikasi paydo bolgandan socng genetika farmatsevtika sanoatida muhim o‘rin tuta boshladi. Oxirgi yillarda genetika fani oldida hayvonlar va insonlarni oziqlantirish uchun aminokislotalarni ishlab chiqarish muammosi turibdi. Bu muammoni aminokislotalami yuqori darajada ishlab chiqaruvchi yangi organizmlami hosil qilish yo‘li bilan hal etish mumkin. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi), saraton kasalligi juda xavfli kasallik bo‘lib, mutaxasislaming fikricha bu kasalliklar hujayralarning irsiy apparati o‘zgarganda yuzaga keladi. Bu kasalliklarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish nihoyatda dolzarb sanaladi.



  1. Download 20.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling