I.Kirish
Oqsillarning strukturasi va xususiyatlarini in silico sharoitida o‘rganish.
Oqsil strukturasini oldindan aytish va o‘rganish bo‘yicha
zamonaviy
yondashuvlar. Ramachandra xaritalari. Barqarorlik va oqsillar foldingi.
Gidrofoblik profilining tahlili. Strukturaviy tekislanishlar.
Oqsil strukturalarini
modellashtirish va oldindan aytish. Genomlarda oqsil strukturalarini aniqlash.
Mavzuni dolzarbligi:Proteomika yaqin yillarda paydo bo‘lgan yosh
fanlardan biri hisoblanadi. XX asrning
ikkinchi yarmida biokimyo,
molekulyar
biologiya va xisoblash texnikasi jadal sur'atlar bilan rivojlandi. Shunga bog‘liq
ravishda DNK taxlili bilan bog‘liq fanlar ham rivojlangan, aynan mana shu davrda
2 ta yangi biologiya fanlari vujudga keldi: 1987 yilda ilmiy nashrda “genomika”
atamasi ilk bor qo‘llanilgan bo‘lsa, 1993 yilda esa “bioinformatika” atamasi paydo
bo‘lgan.
Mavzuning o’rganilgan darajasi: – Genlardagi
Oqsil strukturalarini oldindan
aytish va modellashrtirish mavzusini nazariy uslubiy jihatlari jahon olimlari K.
Kreyg, R. Das, D. Fass, C. Garsia-Doval, O. Gertsberg, D. Lorimer, X. Luek, X.
Ma, D. Jons, DT, T. Singx, T. Kosciolek va boshqalar tomonidan o’rganilgan.