2-rasm. Peptid zanjirining -spirallanishi.
3-rasm. Peptid zanjirining -strukturasi.
Оqsillarning uchlamchi strukturasi:- polipeptid zanjirining iхcham fazoviy
konfarmatsiyasi tushiniladi. Bunda polipeptid zanjir spiral holat saqlanib, undan
tashqari qandaydir tartibda tiklanib yoki o’ralib joylashgan bo’ladi. Bunday 3-
lamchi strukturali oqsillar faqatgina rentgen struktura analizi sezgirliginig ortishi
tufayli aniqlanadigan bo’lgan. Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq oqsillarning uchlamchi
strukturasi aniqlangan. Ulardan ayniqsa хimotripsinogen, ribonukleaza, insulin,
mioglabin,
pepsin,
gemoglabin,
lizotsim,
kaltsiy
bog’lovchi
oqsil,
karboksipeptidaza va boshqalar ancha to’liq o’rganilgan.
Оqsil molekulalarining uchlamchi strukturasini saqlab turishda kovalent
(disulfid) bog’lar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Lekin polipeptid zanjir qismlarining
bir-biriga yaqinlashishi bilan kelib chiqadigan radikallararo (ion, vodorod va
boshqa) bog’lanishlar ham muhim rol o’ynaydi.
4-rasm. Оqsillarning oligomer strukturasi:
a). – ikkilamchi struktura, b). – uchlamchi struktura, v). – to’rtlamchi
struktura.
Оqsillarning uchlamchi strukturasi dinamik holatda bo’lib, muhitning
ta`siriga qarab o’zgarib turadi. Ulardagi chuqur o’zgarishlar oqsil malekulasi
aktivligini butunlay yo’qolishiga olib keladi.
5-rasm. Polipeptid zanjiridagi aminokislotalar radikallari o’rtasidagi
bog’lanish tiplari.
1.2.Оqsillarning ikkilamchi strukturasi:- polipeptid zanjirining spiralsimon yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |