Geoaxborot tizimi


Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari


Download 86.45 Kb.
bet5/12
Sana27.10.2023
Hajmi86.45 Kb.
#1727935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OʻZBEKISTONDA MILLIY GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI

Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi:

  1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.

  2. YAratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.

  3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.



Vizualizatsiya (grafik ifodalash, tasvirlash) - bu maxsus algoritmlar yordamida, boshlang„ich raqamli ma‟lumotlarni qayta o„zgartirish asosida, aks ettirish qurilmalarida (asosan, monitorda) tasvirlarni, jumladan kartografik va boshqa turdagi grafik tasvirlarni chiqarish va ko„rsatib berish (generatsiya) jarayoni hisoblanadi.
Geografik axborotlarni nisbatan yig„ilgan shaklda va odatlanilgan ko„rinishda ifodalash usullaridan biri - bu xaritalar hisoblanadi.
Elektron xaritalar (EX) - raqamli xaritalar yoki GAT ma‟lumotlar bazasi asosida monitorda vizualizatsiyalanuvchi kartografik tasvirlar hisoblanadi.
Elektron atlas (EA) - funksional jihatdan elektron xaritalarga o„xshash bo„lgan, elektron kartografik maxsulotlarning elektron xaritalar shaklida vizualizatsiyasi tizimi hisoblanadi.
Elektron atlas xaritaning rastr tasvirlarini kadrlar bo„yicha ko„rish imkonini beruvchi, kartografik vizualizator, IBM PC uchun mo„ljallangan kartografiya, kartografik brauzerlar tipidagi dasturiy ta‟minot yordamida taqdim etiladi. Odatda, elektron atlaslar tarkibiga kartografik tasvirlar va legendalardan tashqari keng ko„lamdagi matn shaklidagi sharhlashlar, jadval shaklidagi ma‟lumotlar ham kiritiladi, multimedia shaklidagi elektron atlaslar tarkibiga esa - animatsiyalar, video-yozuvlar qatorlari va namoyish taqdimotining ovozli sharhlashlar bilan birgalikda amalga oshirilishi kabi holatlar kiritiladi.
Ob‟ektlarning turli xil tavsiflarini yoki ularning nisbatlarini ifodalovchi (atributlar) jadvallar va grafiklar vizualizatsiyaning boshqa vositalariga qo„shima tarzda va shuningdek, alohida mustaqil shaklda foydalanilishi mumkin.
Animatsiyalar dinamik tavsifga ega bo„lgan jarayonlarni ko„rsatish uchun foydalaniladi, ya‟ni animatsiyalar chizilgan statik tasvirlarning (kadrlar) ketmaketlikda ko„rsatilishidan tashkil topadi va natijada, tasvirlarning uzluksizlikda o„rin almashinishida harakatlanayotgandek tasavvur xosil qilinadi. GAT tarkibida ma‟lumotlarni tahlil qilish natijalarining ifodalanish uchun bir qator uslublar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan bo„lib, ulardan mavzularga oid xaritalarni yaratishda samarali foydalaniladi.

Download 86.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling