Geoaxborot tizimi


Yuzaning uch o’lchamli tasviri (3D-yuza)


Download 86.45 Kb.
bet7/12
Sana27.10.2023
Hajmi86.45 Kb.
#1727935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
OʻZBEKISTONDA MILLIY GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI

Yuzaning uch o’lchamli tasviri (3D-yuza) - chiziqlardan tashkil topgan diagrammalar ko„rinishida yuzalarning hajmli shaklda, raqamli tavsifda ifodalanishi vositasi bo„lib, bunda turli xil tipdagi proeksiyalardan foydalaniladi, jumladan bu holatda oddiy grafik interfeysdan foydalangan holda, tasvirlarni aylantirish va burchak ostida burish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Relefning raqamli modeli (RRM) ma‟lumotlari bo„yicha relefni ifodalash (aks ettirish) uchun, rastr tasvir shakllantirilishi mumkin.
Rastr yuza (tasvir) - GRID-modeli bo„yicha shakllantiriladi va bunda har bir piksel tarkibida to„rning tegishli yacheykalari (katakchalari) balandlik qiymatiga proporsional bo„lgan qiymatlar joylashtiriladi.
Soya relef (relefning tahliliy yuvilishi) - bu RRMning rast tavsifga ega tasviri bo„lib, bunda uni shakllantirishda GRID-modeli to„rining har bir uchastkasi balandligidan tashqari, yonbag„irlarning (qiyalik, nishabliklar) yoritilishi darajasi ham hisobga olinadi. Bunda 3D-yuzaning boshqa mavzularga tegishli qavatlar bilan birlashtirilishi imkoniyati yuzaga keladi. Joy ob‟ektlarining haqiqiy holatda tasvirlanishiga erishish uchun, 3D-yuza kartografik yoki orto-tasvirlar bilan birlashtiriladi.
Joyning virtual (hayoliy) modeli (JVM) - bu tarkibida er yuzasi relefi haqidagi axborotlar mavjud bo„lgan, joyning modeli bo„lib, uning tarkibida berilgan ushbu hududda joylashgan spektral yorqinlik va ob‟ektlar inter-faol vizualizatsiya uchun mo„ljallangan. JVM joyda bo„lish effektini ta‟minlash imkonini beradi va uch o„lchamli statik ssenalar ko„rinishida (3D ko„rinishda) ifodalanishi mumkin yoki joy ustida uchishni imitatsiyalash rejimida tasvirlanshi mumkin, bu holatda kuzatuvchi berilgan koordinatalarga ega nuqtada joylashadi.


2. Tasniflash (klassifikatsiya), takroriy tasniflash, xaritalarni solishtirish, grafik va hisoblar turlari, xaritalar timsollarining turlari
Agar, gap atributlar haqida ketayotgan bo„lsa, u holda GAT tarkibida vizual tahlil ustida ishlashning muhim jihatlaridan biri haqida ma‟lumot berib o„tish maqsadga muvofiq holat hisoblanadi. Har qanday murakkablik darajasidagi xaritalarni chizib chiqishdan keyin, uni ishlab chiqayotgan har bir kishi xaritani ko„zdan kechirib chiqishi davomida, ya‟ni ob‟ektlarning qaerda joylashganligi va ularning bir-biri bilan o„zaro alqadorligi va boshqa turli xil xossa-xususiyatlari bilan tanishib chiqishni amalga oshiradi. Bu jarayon biz uchun tabiiy holat sifatida ko„rinadi va uni - baralla bir ovozda, til aylanishi qiyin bo„lgan - «tahlil» deb nomlash mumkin deb o„ylaysizmi? Biroq, bu jarayon - aynan, tahlil, aniqroq aytganda - vizual tahlil deb nomlanadi. Bu tahlil jarayonini muvafaqqiyatli tarzda amalga oshirish qarab chiqilayotgan xaritaning qanchalik darajada tushunarli va chuqur o„ylangan holatda ishlab chiqilganligiga bog„liq hisoblanadi. Boshqacha aytganda, biz xarita tarkibida ob‟ektlar va ularning atributlarini iloji boricha maksimal darajada ko„rgazmali tavsifda ifodalashimiz talab qilinadi.
Albatta, xaritalarni rasmiylashtirish davomida ranglar, simvollarning shakllari va o„lchamlarini muvafaqqiyatli tarzda tanlab olish muhim rol o„ynaydi. Agar, siz atributlarga tegishli axborotlarni ko„rsatib berish emas, balki shakllarni taqdim etish va makonda ob‟ektlarning joylashish holatini ifodalash bilan cheklanishni maqsad qilib belgilab olgan bo„lsangiz, u holda oddiy dizaynerlik ishining o„zi to„liq etarli hisoblanadi. Agar, xarita tarkibida elementlarning tarkibi, shakllanish yosh davri va landshaftlarning shart-sharoitlari kabi ob‟ektlarning xossalarini ifodalash zaruriyati yuzaga kelsa, u holda biz tasniflash masalasi bilan to„qnash kelamiz.

Download 86.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling