Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Download 395.5 Kb.
bet12/54
Sana23.04.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1383482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
Bog'liq
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари

Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-8

  1. Крассовский эллипсоиди.

  2. Абсолют, нисбий ва шартли баландликлар.

Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal proeksiyalarini va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo‘ladi. Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to‘g‘ri burchakli (abssissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning ABCD to‘rtburchagi o‘lchamlari katta bo‘lmasa (rasm, b), uni sathiy P sirtga loyihalashda gorizontal P tekislik bilan almashtirish mumkin.
Joy nuqtasidan o‘tuvchi sathiy sirtdan sanoq boshlanishi deb qabul qilingan sathiy sirtgacha bo‘lgan masofa balandlik deyiladi. Balandlikning sonli qiymat belgi deb ataladi. Gorizontal Р sathiy sirtdan sanaladigan balandliklar Нa, Нb, Нс, Нd, absolyut (mutlaq) balandliklar, istalgan Р' sirtga keltirilgan balandliklar shartli balandliklar deyiladi. MDH da mutlaq balandliklar sanoq boshi qilib Boltiq dengizi suvi o‘rtacha sathini belgilovchi Kronshtadt futshtoki (mis taxtasi) noli qabul qilingan, bo‘nga Boltiq balandliklar sistemasi deyiladi.
Agar joyning A va В nuqtalaridan sathiy sirtlar o‘tkazilgan deb faraz qilinsa, unda balandliklar farqi Aa-Вb=h nicbiy balandlik (orttirma) deyiladi. Bir nuqta-ning ikkinchi nuqtadan nisbiy balandligini va nuqtalardan birining balandligini bilgan holda boshqa nuqtaning balandligini topish mumkin



  1. Давлат геодезик тармоқлари: планли ва баландлик.

Berilgan katta yoki kichik joyning plan, karta va profilini chizish uchun avval shu joyda yuqorida tanishilgan s’yomka usullarining biri bilan gorizontal yoki vertikal s’yomka ishlari olib boriladi. S’yomka natijalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun ularni ilmiy asoslab, bir sistemada olib borish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, hamma vaqt har qanday geodezik ish «umumdan bo‘lakka o‘tish» deyiladigan qoida asosida olib boriladi. Bu qoida tatbiq etilganda o‘lchash va hisoblash davrida sodir bo‘ladigan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga imkoniyat tug‘iladi. Umumdan bo‘lakka o‘tish usulining mohiyati shundaki, avval joyda bir necha nuqtalar o‘rni, masalan, koordinatalari yoki balandliklari yuqori aniqlik bilan topiladi va ular bosh tayanch nuqtalar deyiladi. Keyin bu tayanch nuqtalar asosida shu nuqtalar atrofida ikkinchi darajali nuqtalar olinadi.Ular son jihatidan ko‘proq va bir–biriga yaqinroq bo‘lib, ularda o‘lchash aniqligi ham kamroq bo‘ladi. Keyin bu nuqtalar asosida uchinchi darajali bir necha nuqta topiladiki, bular ikkinchi darajali tayanch nukta bo‘ladi. Bu nuqtalar oralig‘i yana kichikroq va o‘lchash aniqligi ham yana kamroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan topilgan nuqtalardan yasalgan ko‘p burchaklik geodezik tarmoqlar deyilib, bunda quyi darajadagi tayanch nuqtalar yuqori darajadagi tayanch nuqtalarga asoslanadi. Bu tayanch nuqtalar to‘ri pgayanch nuqtalar tarmog‘i ham deyiladi. Koordinata va balandliklari ma’lum va to‘rli masofalarda yerga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoq–lari deb ataladi. Tarmoqlar va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi.




  1. Download 395.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling