Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Download 395.5 Kb.
|
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Давлат геодезик тармоқлари ҳақида тушунча
Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-26 Ернинг шакли ва ўлчамлари хақида тушунча. Yerning o‘lchamlarini aniqlovchi a ,b va α lar yer ellipsondining parametrlari deyiladi. Yerning matematik shakli yuzasini o‘rganishda shunday ellipsoid tanlanadiki, u o‘z parametrining qiymatlari jihatidan geoidga yuqoridagi shartlar asosida eng yaqin keladigan va yerning tanasiga yaxshi joylashadigan bo‘lsin. Bunday yer ellipsoidiga referens-ellipsoid deyiladi. Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug‘ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yer shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi Eratosfen asarlarida uchratish mumkin. Mamun xalifaligining siyosiy va ilmiy markazi bo‘lgan Bog‘dod shahari observatoriyasida ishlagan xorazmlik ulug‘ matematik va astronom, xozirgi zamon algebrasining asoschisi Muxammad ibn Musa al- Xorazmiy o‘z asarlarida yer shaklini ilmiy asoslab bergan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o‘zining 2 tomlik «Geodeziya» asarida yer shaklini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganib jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlarini keyinchalik Yevropa olimlari o‘rganib revojlantirdilar. Yer shari kattaligini aniqlashning geodezik metodi gradus o‘lchashlar metodi deb yuritiladi: R=(360˚/2ᴨ)S S-meridianning 1˚yoyi uzunligi S=D/∆φ R-meridian aylanmasining radiusi Давлат геодезик тармоқлари ҳақида тушунча Berilgan katta yoki kichik joyning plan, karta va profilini chizish uchun avval shu joyda yuqorida tanishilgan s’yomka usullarining biri bilan gorizontal yoki vertikal s’yomka ishlari olib boriladi. S’yomka natijalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun ularni ilmiy asoslab, bir sistemada olib borish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, hamma vaqt har qanday geodezik ish «umumdan bo‘lakka o‘tish» deyiladigan qoida asosida olib boriladi. Bu qoida tatbiq etilganda o‘lchash va hisoblash davrida sodir bo‘ladigan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga imkoniyat tug‘iladi. Umumdan bo‘lakka o‘tish usulining mohiyati shundaki, avval joyda bir necha nuqtalar o‘rni, masalan, koordinatalari yoki balandliklari yuqori aniqlik bilan topiladi va ular bosh tayanch nuqtalar deyiladi. Keyin bu tayanch nuqtalar asosida shu nuqtalar atrofida ikkinchi darajali nuqtalar olinadi.Ular son jihatidan ko‘proq va bir–biriga yaqinroq bo‘lib, ularda o‘lchash aniqligi ham kamroq bo‘ladi. Keyin bu nuqtalar asosida uchinchi darajali bir necha nuqta topiladiki, bular ikkinchi darajali tayanch nukta bo‘ladi. Bu nuqtalar oralig‘i yana kichikroq va o‘lchash aniqligi ham yana kamroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan topilgan nuqtalardan yasalgan ko‘p burchaklik geodezik tarmoqlar deyilib, bunda quyi darajadagi tayanch nuqtalar yuqori darajadagi tayanch nuqtalarga asoslanadi. Bu tayanch nuqtalar to‘ri pgayanch nuqtalar tarmog‘i ham deyiladi. Koordinata va balandliklari ma’lum va to‘rli masofalarda yerga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoq–lari deb ataladi. Tarmoqlar va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi. Download 395.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling