Geodeziya, kartografiya, geografiya
I.BOB GPS TIZIMI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Download 315.68 Kb.
|
GULASAL KURS ISHI(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stonex S3 Seriyali GPS priyomniklari bilan tanishuv.
- GPS segmentlari
I.BOB GPS TIZIMI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
GPS tizimi xaqida O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada jadallashtirish va rivojlantirish bo’yicha xukumat tomonidan olib borilayotgan agrar siyosatini amalga oshirishda davlat geodezik ishlarni zamon talabi doirasida yuritilishi katta axamiyat kasb etadi. Shu bois respublikamizga bir qator zamot talabi doirasidagi texnika va texnologiyalar investorlar tomonidan investistiya kiritish yo’li orqali kirib kelmoqda. 1-rasm Dunyoda etakchi geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan zamonaviy optik elektron asboblar, elektron raqamli nivelir bilan birgalikda navigatorlar ishlab chiqarilmoqda (1-rasm). Priyomniklar asosan AQSh, Evropa, Rossiya va Xitoy davlatlari tomonidan ishlab chiqarilib, geodeziya, kartgrafiya va transpor navigastiyasi maqsadlari uchun tijorat qilib kelishmoqda. Bugungi kunga qadar GPS priyomniklarining bir-qancha avlodlari ya’ni ProMark, Ashtech, Leica, Sokia va Trimble kabi bir-qator rusumlari davlat korxonalari va xususiy tijorat korxonalari tomonidan geodeziya va kartografiya sohalarida foydalanib kelishgan. Xozirga qadar qishloq xo’jaligi sohasida qo’lanilgan GPS priyomniklar asosan bir va ikki chastotalik bo’lganligi sababli, aniqlik darajasi santimetr o’lchov birligida bo’lganligi bois aniqlik darajasini yanada mustaxkamlash maqsadida davlat geodezik punktlariga bog'lash talab qilingan. GPS priyomniklar eng ko’pi o’n ikkita sun’iy yo’ldosh bilan bog'lanish imkonini beradi va eng kami oltita sun’iy yo’ldosh bilan bog'langanda ishchi holga keladi. Aniqlik darajasi relef murakkabligi, rover antenasining radiusi ochig'ligi va ob-havo sharoitiga karab o’rtacha 60 santimetrni tashkil etgan. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlar qo’shimcha vaqt va qo’shimcha mutaxassisning intelektual salohiyati talab qilinadi. Bu esa o’rtacha murakkablikdagi bo’lgan 3 gektar xududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida uch nafar etuk malakali mutaxassis 3 kun davomida ish olib borgan va GPS priyomnikda olingan ma’lumotlarni davlat geodezik punktiga bog'lash uchun qo’shimcha bir kunni talab qilgan. Xozirda yanada takomillashgan GNSS priyomniklari esa aniqlik darajasi va etuk malakali mutaxassis ish sarfi jixatidan qulay va samarali ekanligi aniqlandi. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlarni GNSS priyomnik avtomatik tarza amalga oshiradi. O’rtacha murakkablikdagi bo’lgan 3 gektar xududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida ikki nafar etuk malakali mutaxassis 1 kun davomida ish olib borish va davlat geodezik punktiga bog'lash uchun qo’shimcha vaqt talab qilinmaydi. Qo’yidagi 1-jadval orqali sun’iy yo’ldoshlar haqida to’liqroq ma’lumotlarga ega bo’lasiz. 1 -jadval
Stonex S3 Seriyali GPS priyomniklari bilan tanishuv. Sun’iy yo‘ldosh yordami bilan joyni qayd qilish tushunchasi SSSR tomonidan 1957 yilda birinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirish bilan boshlandi. Bundan keyin AQSH ning Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Harbiy- dengiz navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi rivojlantirila boshlandi. Bu, ko‘pincha Tranzit tizimi deb ataladigan tizim butun dunyo miq’yosida AQSHning suv osti kemalari flotining navigatsiyasini ta’minlash uchun yaratila boshlangan edi. Tranzit tizimi 1967 yilda aholi sohasida ham foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Ammo, u juda ko‘p uzoq kuzatuvlarni talab qilgani va nisbatan past aniqlikka ega bo‘lganligi sababli, undan foydalanish geodeziya va navigatsiya bilan cheklanib qoldi. 1973 yilda AQSHning Mudofaa vazirligi vaqtni va harakat doirasini hisobga oladigan navigatsiya tizimini NAVSTAR (Navigation System with Time and Ranging) - joyni aniqlash global tizimini (global positioning system (GPS)) rivojlantira boshladi va birinchi sun’iy yo‘ldoshni 1978 yilda uchirgan edi. Bu sun'iy yo'ldoshlarlar 1987 yilda majud bo‘lgan boshqarish tizimi bilan asosan tajriba tusiga ega edi. Hozir GPS sun'iy yo'ldoshlarlari to‘liq boshqaruvchan bo‘lishi bilan, nisbiy joyni birnecha millimetrlar aniqligida juda qisqa kuzatuv muddatida bir necha minutda aniqlashga yerishish mumkin. 5 km dan ortiq masofalar uchun GPS, EDM traverzasi bilan o‘lchashdan aniqroq bo‘lmoqda. SHuning uchun u geodeziyada keng qo‘llanila boshladi va uning ta’siri EDM ni yaratishdan ham muhimroqdir. GPS yuqori aniqlikka yerishishdan tashqari, quyidagi muhim afzalliklarni bermoqda: o‘rin bevosita X, Y, Z koordinatlar tizimida berilmoqda; er yuzidagi punktlarning o‘zaro ko‘rinishi zarur emas; har bir nuqta alohida qayd qilinganligi sababli, tarmoqdagi kabi, tarqalish xatolari mavjud emas; s’yomka nuqtasi endi o‘zining talab qilinadigan vazifasiga muvofiq tanlanadi, yaxshi shartlarga javob beradigan shakllar tizimini yarat- ish uchun emas; operatordan yuqori kasbiy mahorat talab qilinmaydi; joy yer yuzida, dengizda yoki havoda qayd qilinishi mumkin. Bu oxirgi qobliyati havo fotogrammetriya sohasiga katta ta’sir qilishi mumkin; o‘lchovlar kechasi yoki kunduzi, suvda yoki havoda, yer sharining har qanday nuqtasida, vaqtida va ob-havo sharoitida amalga oshirilishi mumkin; o‘zgarishlar ustidan nazoratni yanada takomillashtirib, uzluksiz o’lchovlarini olsih mumkin. GPS segmentlari GPS tizimi uchta segmentga bo‘linishi mumkin: fazo (kosmik) segmenti, nazorat segmenti va foydalanuvchining segmenti. 2-rasm. GPS sun'iy yo'ldoshlarlari Kosmik (fazoviy) segment 400 kg sun'iy yo'ldoshlardan tashkil topgan, uchta zahira nikel-kadmiy batareyasi bilan ikkita quyosh paneli yerdamida energiya bilan ta’minlanadi (102-rasm). Boshqaruv fazasi hozirgi paytda uchta zahirasi bilan 26 sun'iy yo'ldoshlardan tashkil topgan. Ular deyarlik dumaloq orbitada yerni aylanish vaqti 12 soat (11 soat 58 minut) bilan yer sathidan 20200 km balandlikda joylashgan. Oltita teng joylashgan orbita yassiligi (103-rasm) ekvatorga 55° burchak bilan egilgan, natijada gorizont ustida besh soat bo‘lishini ta’minlaydi. Tizim buning bilan, hech bo‘lmaganda to‘rtta sun'iy yo'ldoshlar har doim ko‘rinish doirasida bo‘lishini kafolatlaydi. Har bir sun'iy yo'ldoshlar o‘zining 10.23 MGs ga teng bo‘lgan (asosiy) chastotasiga ega va yuqori balandlikdagi chastota doirasida ikkita radio signalini yuboradi. Lj signali 1575.42 MGs (10.23 x 154), L2 esa 1227.60 MGs (10.23 x 120) chastotasiga ega. Bu signallar modullashtirilgan, kodi Qo‘pol topib olish - Coarse Acquisition (C/A), hozir standart S-kodi va aniq P-kodi deb ataladi. Kodlar - bular, 1.023 MGs chastotada (S-kod) va 10.23 MGs chastotada (P-kod) yuboriladigan soxta tasodifiy binar (ikkilamchi) qatorlardir (izchillikdir) (104-rasm). R- kod joyning aniq belgilanishiga (PPS) xizmat qiladi, S-kod - joyni standart holatida aniqlash xizmatidir (SPS). SPS absolyut nuqtaning joylashishini 100-300 m gacha aniqlikda, PPS esa - 5-10 m gacha aniqlikda ta’minlaydi. Aslida kodlar - bu, sun'iy yo'ldoshlardagi ultraaniq soatlar (ossil- lyatorlar) bilan bog‘langan vaqtinchalik belgilardir. Har bir sun'iy yo'ldoshlarda 10-13 sekund atrofidagi aniqlikka ega bo‘lgan uchta rubid- iy yoki seziy soatlari bor. Bundan tashqari, L1 va L2 lar formatlashtiril- gan, sekundiga 50 bit beriladigan sun'iy yo'ldoshlarning identifikatsiyasi, efemeridlar (osmon jismlarining jadvallari), vaqt to‘g‘risidagi axborot, ionosfera ma’lumotari va haqoza axborot ma’lumotlari bor. Nazorat segmenti vaqtni belgilash, orbitalar va xususiy sun'iy yo'ldoshlarlarning mexanik sharoitlarini boshqarish vazifasini bajaradi. Na vaqtni belgilash tizimi, na orbitalar, ularni uzoq muddatga nazoratsiz qoldirish uchun, etarli darajada turgun emaslar. Hozirgi paytda sun'iy yo'ldoshlarlar Colorado Springs dagi markazlashtirilgan boshqaruvi bilan Kwajalein, Hawaii, Ascension va Diego Garcia da joylashgan beshta nazorat stansiyalari bilan kuzatilmoqda. GPS dan foydalanib o‘rinni qayd qilishning asosiy prinsipi teskari kestirma prinsipi bo‘lgani uchun, uchta nuqtalargacha (sun'iy yo'ldoshlarlargacha) ma’lum masofalardan foydalanib sun'iy yo'ldoshlarlarning o‘rnini aniqlash (ma’lum koordinatalar tizimida) juda muhim bo‘ladi. Sun'iy yo'ldoshlarlarning joylashuvini, ular tomonidan yuboriladigan“translyasiya qilinadigan (beriladigan) efemerid” deb ata- ladigan ma’lumotlardan olinadi. Joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamma kuzatayotgan stansiyalardan ishlov berish uchun markaziy boshqaruvga yuboriladi. 3-rasm. GPS sun'iy yo'ldoshlarlarining birlashmasi: 24 sun'iy yo'ldoshlar, 6 orbital yassilik, egilish 55°, balandlik 20 200 km, aylanish vaqti 12 soat. (Wild Heerbrugg tomonidan berilgan). Ushbu ma’lumotlar sun'iy yo'ldoshlarning ilgarigi orbitadagi o‘rni bilan kombinatsiyasi, sun'iy yo'ldoshlarning jolashuvini bir necha soat oldin prognoz qilish imkonini beradi. Ushbu axborot har sakkiz soatda, kyinchalik foydalanuvchiga yuborish uchun, sun'iy yo'ldoshlarga to‘ldiriladi (yuboriladi). Hozirgi paytda orbitadagi joyni aniqlash 10 metrgacha aniqdir, agarda u yangilab turilmasa, yomonlashishi mumkin. Markaziy boshqaruvi AQSHning dengiz observatoriyasining (US Naval Observatory - Vashingtonda, Kolumbiya okrugi - Vashingtonda, DC.) vaqtinchalik standartlari bilan bog‘langan. Shunday usul bilan sun'iy yo'ldoshlardagi vaqt universal bilan bog‘lanib yuboriladigan vaqt bir biriga moslanishi mumkin. Muntazam yangilatib turishni talab qiladigan boshqa ma’lumotlar - bu, o‘lchangan masofalarga sinish tuzatmasini hisoblash uchun ionosferani belgilaydigan ko‘rsatkichlardir. Foydalanuvchining segmenti, asosan energiya bilan ta’minlovchi asbob bilan ixcham priemnik\protsessordan va yo‘naltirilmagan anten- nalan iborat. Protsessor odatda, daladagi ma’lumotlarga ishlov berish uchun mikrokompyuterni ifodalaydi. Download 315.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling