Geodeziya, kartografiya va kadastr


Inshootlar choʻkishini aniqlash usullari


Download 364.56 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi364.56 Kb.
#1485664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhamadali

2.2 Inshootlar choʻkishini aniqlash usullari
Geometrik nivelirlash usuli.Koʻpgina bir xil andazali inshootlar poydevorlari choʻkishini kuzatish aniqligi I yoki II sinf nivelirlash usuli yordamida taʼminlanadi.Faqatgina ayrim hollardagina choʻkishni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelirlashning maxsus usullari qoʻllaniladi. Nivelirlashning I sinf usulida poydevor choʻkishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, toʻgʻri va teskari yoʻnalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H-05 va Ni 002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qoʻllaniladi.Nivelirlash yoʻli boshlangʻich (asos) reperdan boshlanib shu reperda yoki boshqa reperda tugaydi. Vizirlash nuri uzunligi 25 m dan oshmasligi, uning yer yuzasidan yoki poldan balandligi 0,8 m dan kichik boʻlmasligi kerak. Ayrim hollarda, vizirlash nuri uzunligi 15 m dan oshmaganda nurning balandligi 0,5 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Nivelirlash tashqi muhit qulay va reyka shtrixlari tasviri yetarlicha aniq koʻrinadigan sharoitda amalga oshiriladi. Inshoot ichkarisida joylashgan markalarga otmetka uzatish deraza va eshik tirqishlari orqali uzatiladi. Issiq va sovuq havo oraligʻida nivelir oʻrnatish tavsiya etilmaydi. Nivelirning i burchak qiymati 20” dan katta boʻlmasligi, stansiyalardagi yelka uzunligi farqi esa 0,4 m dan oshmasligi kerak. Yopiq nivelirlash yoʻlidagi yelka tengsizliklari yigʻindisi 2 m gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Ikkita asbob gorizontidan olingan nisbiy balandliklar farqi 0,8 mm dan oshmasligi kerak. Yuqori aniqlikda nivelirlashda stansiyada nisbiy balandlikni oʻlchash xatoligi 0,1 mm ni tashkil etadi, nivelir yoʻli yoki poligonlar bogʻlanmaslik cheki, quyidagi ifoda yordamida hisoblangan qiymatdan oshmasligi kerak.

fxl(mm)=0,3 n,

bu yerda n- stansiyalar soni.
Reperlar otmetkasini fasllardagi harorat oʻzgarishi sezilarlidarajada oʻzgartiradi.Shuning uchun fundamental reperlarning kuzatilayotgan poydevor bilan bir xil haroratda boʻlishiga harakat qilinadi.Koʻpgina sanoat inshootlarini kuzatishda nivelirlashning II sinf usulubi qoʻllaniladi. U H-1, H-2 va Ni 007 turdagi nivelirlar yordamida bajariladi. Nivelirlash bitta asbob gorizontida, toʻgʻri va teskari yoʻnalishda amalga oshiriladi. Vizirlash nuri balandligi yer yuzasi yoki poydevordan 0,5 m dan kichik boʻlmasligi kerak. Nivelirdan reykalargacha boʻlgan masofalar farqi 1 m dan katta boʻlmasligi, yopiq yoʻl uchun ularningyigʻindisi 3-4 m dan katta boʻlmasligi kerak.Vizir chizigʻi uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak. Yopiq poligondagi yoki I sinf punktlari orasidagi yoʻl qoʻyarlik bogʻlanmaslik quyidagicha hisoblanadi:


Download 364.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling