Geodeziya, kartografiya va kadastr


II--BOB. BINO VA INSOOTLAR DEFORMATSIYASINI KUZATISH. INSHOOTLAR CHOʻKISHINI ANIQLASHNING GYEODYEZIK USULLARI


Download 364.56 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi364.56 Kb.
#1485664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muhamadali

II--BOB. BINO VA INSOOTLAR DEFORMATSIYASINI KUZATISH. INSHOOTLAR CHOʻKISHINI ANIQLASHNING GYEODYEZIK USULLARI
2.1 Inshootlar deformasiyasi haqida umumiy maʼlumotlar
Deformasiya turlari. Inshootlar deformasiyasi ularning poydevoriga va inshootning oʻziga turli xil tabiiy va texnogen faktorlar taʼsir etishi natijasida yuzaga keladi. Asosan inshoot va binolar deformasiyasi ular poydevoridagi tuproq qatlamining harakatiga bogʻliq. Bu harakatlar tik va gorizontal holatda yuzaga kelishi mumkin.
Poydevorlarning tik deformasiyasi quyidagilarga boʻlinadi: Choʻkish-deformasiyalar, poydevor tagidagi tuproqning tashqi taʼsiri va alohida holatlarida tuproqning oʻz ogʻirligi taʼsirida zichlanishi natijasida yuzaga keladi va bunda tuproq strukturasi tubdan oʻzgarmaydi; Siqilish deformasiyalari, tuproqning zichlanishi natijasida yuzaga keluvchi va tashqi taʼsir sababli tuproq strukturasi tubdan oʻzgarishiga olib keladi masalan, tuproqning namlanishi, muzlagan tuproqning erishi vahokazolar;
Boʻrtish deformasiyalari, tuproq qatlamiga turli kimyoviy moddalar taʼsirida yoki uning namligi, harorati oʻzgarishi natijasida tuproq hajmining oʻzgarishi;
Oʻtirish deformasiyalari, yer osti qazilma boyliklarini qazib olish, gidrogeologik sharoitning oʻzgarishi natijasida yuzaga keladi. Poydevor choʻkishining matematik xarakteristikasi-poydevorning boshlangʻich va choʻkish sodir boʻlgandan keyingi tekisliklari oraligʻidagi tik kesma bilan ifodalanadi. Agarda bu kesmalar inshoot poydevorining barcha burchaklarida teng boʻlsa bunday choʻkish bir tekisda choʻkish deyiladi, agarda kesmalar teng boʻlmasa notekis choʻkish hisoblanadi.Shunday qilib bir tekisda choʻkish inshootning barcha qismiga boʻlgan tashqi muhit taʼsiri bir xilda boʻlgan, hamda poydevor tagidagi togʻ jinslarining bir xilda siqilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.Bu holat amalda kam uchraydi. Notekis choʻkishlar inshoot qismlariga turli xil taʼsir koʻrsatilishi va tuproqning turlicha siqilishi natijasida yuzaga keladi va bu holat bino va inshootlarni ogʻishiga, egilishi va boshqa xil oʻzgarishlariga olib keladi. Bu oʻzgarishlar sezilarli darajada boʻlganda bino poydevorlari va devorlarida yorilishlar paydo boʻlishi mumkin. Inshootning oʻz ogʻirligi natijasida sodir boʻladigan choʻkishlar tuproq qatlamining siqilib borishi natijasida maʼlum vaqtdan keyin toʻxtaydi. Bunda odatdagiday, qumli tuproqlarda choʻkish katta tezlikda harakatlanadi va tez toʻxtaydi. Loy tuproqli joylarda esa teskari holatda, yaʼni sezilarli boʻlmagan tezlikda boshlanib, koʻp yillar davomidatugamaydi.Bir tomonlama kuch taʼsirida (masalan, suv bosimi) inshootlarning gorizontal siljishi sodir boʻladi. Bino va poydevorlarning birgalikdagi siljishi quyidagi parametrlar orqali ifodalanadi:
a) alohida poydevor yoki qurilish blokining toʻliq choʻkishi
b) bino va inshootlar poydevorining oʻrtacha choʻkishi
v) poydevor nuqtalarining notekis choʻkishi
g) nisbiy notekis choʻkish, yaʼni poydevor ikki nuqtasi orasidagi
choʻkish farqini nuqtalar orasidagi masofaga nisbati;
d) poydevor nishabligi i, yaʼni choʻkish farqini poydevor eni yoki
uzunligiga nisbati. Poydevor nishabligi inshootning ogʻishiga (kren) olib keladi.
e) inshootning burilish burchagi
j) inshootning gorizontal siljishi
Deformasiyani kuzatish, inshoot qurilishi boshlangan vaqtdan, to undan foydalanishning birinchi yillarigacha davom ettiriladi.Bunda kuzatish bosqichlari bir oraliqlarda olib borilishiga harakat qilinadi. Bino va inshootlar poydevorlari va konstruksiyalarining siljishi va choʻkishini geodezik kuzatish maxsus texnikaviy vazifaga binoan bajariladi. U yerda quyidagilar koʻrsatiladi:
a) bino va inshootlarning kuzatilishi kerak boʻlgan qismlari;
b) boshlangʻich reperlar va choʻkish markalarining joylashishi;
v) kuzatish davriyligi;
g) talab qilingan aniqligi;
d) hisobot hujjatlarining roʻyhati.
Poydevor va binolar deformasiyasini kuzatish natijalari, bino va inshootlarning qanchalik mustahkamligini aniqlashga, hamda choʻkish sodir boʻlishini oldini olishga imkon beradi.

Download 364.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling