Geodeziya va yer tuzish
Nisbiy balandliklarni hisoblash jadvali
Download 254.5 Kb.
|
AMALIYOT HISOBOTI Geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer balandliklarini hisoblashda berilgan yer balanliklariga tuzatilgan nisbiy balandlik h grafasidan agarda + ishora bo‘lsa qo‘shiladi, - ishora bo‘lsa ayriladi.
- Yer balanligi № Yer balanligi
- XULOSA (xulosa yarim varaqdan iborat bo‘lib talabalar amaliyotdan o‘rgangan shlari to‘g‘risida yozishadi) Foydalanilgan adabiyotlar
Nisbiy balandliklarni hisoblash jadvali
Yer balandliklarini hisoblashda berilgan yer balanliklariga tuzatilgan nisbiy balandlik h grafasidan agarda + ishora bo‘lsa qo‘shiladi, - ishora bo‘lsa ayriladi. Jadvalni ishlashda faqat yer balandliklarini barcha talabalar o‘z variantlarini qo‘yishlari kerak. Har bir talaba yer balandligini o‘z varianti bo‘yicha oladi Variantlar
Nivelirlash qaydnomasining dala sxemasi 0529 0574 5214 5262 1340 0932 N1 0451 0826 1022
1858 N31309 6546 5989 Bekatda nivelir asbobi o‘rnatilib, kvadrat uchlaridagi reykalardan bog‘lovchi nuqtalarda qora va qizil, oraliq nuqtalardan esa qora sanoqlar olinadi. Bu sanoqlar nivelirlash qaydnomasi dala sxemasidagi tegishli kvadrat uchlarining yoniga yoziladi. Nivelirlanayotgan maydondagi bironta bog‘lovchi nuqta reperga ulash orqali uning yer balandligi (mutloq balandligi) topiladi. Buning uchun bog‘lovchi nuqtalarning nisbiy balandligi hisoblanadi. Qora sanoq hа-в 1684-0529 +1155; Qizil sanoq hа-в 6371-5214 +1157; hnis(1155+1157)/2+1156. Qora va qizil sanoqlar ayirmasidagi farq 4 mm dan oshmasa uning o‘rtachasi topiladi, demak reper Rp11 ga nisbatan H1 bog‘lovchi nuqta 1,156 m ga baland ekan. Maydonni nivelirlaganda yopiq nivelir yo‘li hosil bo‘ladi. Yopiq nivelir yo‘lida nisbiybalandliklarning algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘lishi kerak. Agar nol o‘rniga boshqa biror miqdor chiqsa, u nivelirlash xatosi bo‘ladi. U quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: hh1+h1+h1+h11,156+(-1,029)+(-0,684)+0,5570. Demak,bizning misolimizda xatoga yo‘l qo‘yilmagan. Yopiq nivelir yo‘lida nisbiy balandliklarni xatolik cheki quyidagicha aniqlanadi: h10n, (bu yerda n–bekatlar soni). Bizning misolimizda 4 bekat shuning uchun h 10420. Demak, 20 mm gacha xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Agar xatoga yo‘l qo‘yilsa, bunda [xatolik teskari ishora bilan tarqatiladi va xatolik nisbiy balandlik ustuniga yoziladi. So‘ngra reper balandligi orqali keyingi bog‘lovchi nuqtalarning balandliklari aniqlanadi. Misolimizda HN1HRr11+h1 434,94+1,156 =436,096; HN2 HN1+h2436,096+(-1,029)435,067; HN3 HN2+h3435,067+(-0,684)434,383; HN4 HN3+h4434,383+0,557434,94. Har bir bekatda asbob gorizonti, ya'ni asbobning balandligi quyidagi ifoda orqali topiladi: AG1NRr+a1434,94+1,684436,624; AG2N1+a2435,067+0,574 435,641; AG3N2+a3434,383+0,626435,009; AG4N3+a4434,94+1,858436,798. Oraliq nuqtalar, ya'ni boshqa kvadratlar uchlari yer balandliklari (Ns) asbob gorizonti orqali topiladi. Nc=AG-c kvadrat uchlariga o‘rnatilgan reykaning qora tomonidan olingan sanoq. Asbob gorizontlari 1 – jadvalning tegishli grafasiga (rasmda har qaysi kvadrat o‘rtasiga) yoziladi. Keyin kvadrat uchlarining otmetkalari quyidagi formula yordamida topiladi. Na=Ni-Ba bu yerda: Na – istalgan nuqtaning otmetkasi; Ba – shu nuqtada reykadan olingan sanoq; Bu otmetkalar jadvalda kvadrat uchlarining nomeri qatoriga yozilgan. Misol uchun Нс436,624-1,340435,284. Shu kabi barcha kvadratlardagi oraliq nuqtaning balandligi tegishli bekatdagi asbob gorizontidan yer balandligini ayirib topiladi. Kvadrat kataklar berilgan masshtabda, ya'ni 1:500 masshtabda 4 sm o‘lchamda chiziladi. Bu yer yuzasida 20 m ga tengdir. Kvadrat uchlariga hisoblangan yer balandliklari 1 sm gacha yaxlitlanib yoziladi. Kuyida vazifani bajarish uchun variantlar berilgan. Vazifa 21x30 sm o’lchamdagi oq qogozda qora va qizil rangdagi ruchkalarda bajariladi. XULOSA (xulosa yarim varaqdan iborat bo‘lib talabalar amaliyotdan o‘rgangan shlari to‘g‘risida yozishadi) Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Avezboev S., Karaboeva T. «Geodeziya» Darslik. T.- «ToshDAU» 2005. 286 b. 2. Karaboeva T.M., G‘ofirov A.J. Melioratsiya va Geodeziya fanining “Geodeziya” modulidan o‘quv qo‘llanma. T.:ToshDAU 2019. 330 b. 3. Azimboev S., To‘xtashev B., Karabaeva T., Berdiboev Ye., Nurmatov B. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi va Geodeziya fanidan amaliy va tajribaviy mashg‘ulotlar. Toshkent 2012. 187 b. 4. Karabaeva T.M., Ashirov Yu.R. Melioratsiya va Geodeziya fanining “Geodeziya” modulidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun o‘quv qo‘llanma. T.:ToshDAU 2019. 286 b. 5. Karabaeva T., Artukmetov Z. Geodeziya asoslari. Darslik. T.: «Arnaprint» 2005. 110. Download 254.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling