Gruntlarning dinamik hossalari
Download 274.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- S inov statik yuklanish bilan dala sinovlari o‘tkazish.
Gruntlarning dinamik hossalari 2.14-rasm. Gruntda siqish yo‘li bilan o‘tkaziluvchi dala sinovlari sxemasi (a) va natijalari (b). Qurilish uchun izlanuvlar amaliyotida gruntlarning deformatsion va mustahkamlik xossalarini o‘rganishning amaldagi davlat standartlari bilan tartibga solinuvchi boshqa metodlaridan ham foydalaniladi. Quyida sinovlarning eng keng tarqalgan metodlari haqida asosiy ma’lumotlar, shuningdek bu sohadagi ayrim yangi ishlovlar keltiriladi.
S.B.Uxov asarida (1975) atroflicha ko‘rib chiqilgan. Gruntlarning deformatsiya modulini aniqlash uchun sinov statik yuklanish bilan sinovlar shurflar yoki quduqlarda birinchi holda yuzasi 0,5...1,0 m2, ikkinchi holda – 600 sm2 bo‘lgan qattiq inventar shtamplar yordamida o‘tkaziladi. Shurf yoki quduq tubiga (1) zaminga zich taqalgan, yuklash platformasi (4) bilan ustun (3) yordamida birlashtirilgan shtamp (2) o‘rnatiladi. Platformaga bosqichma – bosqich ortib boruvchi yuk (5) qo‘yiladi (ishlab chiqarish sharoitlarida ko‘pincha poydevor bloklari yordamida yaratiladi). Yuk ta’sirida shtamp zaminida yuzaga keluvchi bosim p ni bilgan holda, har bir bosqichdan turg‘unlashgan cho‘kish s ni o‘lchash yo‘li bilan 2.14-rasm (b)da ko‘rsatilgan sinov bog‘lanishi sf(p) ni tuzish mumkin. Bu egri chiziqning boshlang‘ich qismi gruntning chiziqli deformatsiyalanish modeliga mos tushadi. Bunda gruntning deformatsiya moduli quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (2.31) bu yerda - qattiq shtamp shakliga bog‘liq bo‘lgan va yumaloq shtamp uchun 0,78 ga teng deb, kvadrat shtamp uchun esa – 0,88 ga teng deb olinuvchi koeffitsiyent; v – gruntning odatda 0,25 ga teng deb olinuvchi Puasson koeffitsiyenti; pi, si – 2.14-rasm (b)dagi chiziqli bog‘lanish egri chizig‘i doirasida bosim va shtampning cho‘kishi. Gruntning siljishga qarshilik ko‘rsatkichlarini aniqlashda 2.15-rasm (a)da ko‘rsatilgan sxemadan foydalaniladi. Odatda yuzasi 0,5...1,0 m2 bo‘lgan beton shtamp zaminda o‘rnatiladi (yoki qoyatosh jinslar bilan bog‘liq holda betonlanadi). Unga siquvchi yuk F u yoki bu usulda tushiriladi, bosqichma – bosqich cho‘kishlar turg‘unlashganidan so‘ng esa siljituvchi yuk T tushiriladi. Sinov jarayonida shtampning gorizontal va vertikal siljishlari qayd etiladi. o‘sib borganida gorizontal siljishlar bog‘liqliklarining o‘ziga xos egri chiziqlari 2.15-rasm (b)da ko‘rsatilgan. 1 egri chiziq zich qum yoki kam yoriqli qoyatosh gruntlarda o‘tkazilgan sinovlarga, 2 egri chiziq – g‘ovak qum yoki o‘ta yoriqsimon (qismlarga ajraladigan) qoyatosh gruntda o‘tkazilgan sinovlarga mos keladi. Birinchi holda mustahkamlikning ikki o‘ziga xos mezoni: - siljishga qarshilik cho‘qqisi, - siljishga qoldiq qarshilik, ikkinchi holda esa faqat 2 egri chiziq siljishga qoldiq qarshilik qayd etiladi. Masalan, zich qumda va kam yoriqli qoyatosh jinsda buzilish siljish mintaqasida grunt zichligining kamayishi (dilatansiya) bilan birga yuz beradiki, bu shtampning ko‘tarilishiga ko‘ra qayd etiladi. G‘ovak qumda va qismlarga ajraladigan qoyatosh gruntda siljish chog‘ida gruntning qo‘shimcha zichlanishi (kontraksiya) yuz beradi va shtamp siljish jarayonida cho‘kadi. Gruntlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun dala sinovlarining murakkabligi nafaqat eksperimentning bahaybatligida, balki bitta shunday sinov faqat ch va qiymatlar juftini, ya’ni siljishga qarshilik grafigidagi faqat bir nuqtaning o‘rnini aniqlash imkonini berishida ham ko‘rinadi. Download 274.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling