Geoekologik monitoring, uning maqsadlari va vazifalari. R e j a


Geoekologik monitoring – ekologik holatni kuzatish


Download 22.54 Kb.
bet3/5
Sana11.03.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1259762
1   2   3   4   5
Bog'liq
Geoekologik monitoring, uning maqsadlari va vazifalari.

3. Geoekologik monitoring – ekologik holatni kuzatish.
Yer yuzida geekologik tang hududlarning vujudga kelishi, atrof-muhitni har tomonlama va doimo kuzatish va tahlilini ishlab chiqishni talab etmoqda. Faqatgina aniq miqdoriy ma‘lumotlar asosidagina tabiiy muhitda bo`layotgan o`zgarishlarni baholash va tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish mumkin. Shu sababli tabiiy muhit monitoringini amalga oshirish dolzarb masaladir.
Hozirgi vaqtda O`zbekiston xududida tabiiy muhit monitoringi vazifalarini bir qancha muassasalar bajaradi. Bular O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi , Qishloq va suv xo`jalligi vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi va bosh. Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi, eroziya, sho`rlanish, deflyatsiyaga berilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi.
O`zbekiston xududida hozirgi vaqtda, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra , yer usti suvlarining ifloslanishi 94 obyektdagi 187 nuqtada ma`lum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalar mineral komponentlar, biogen moddalar, neft mahsulotlari, fenollar, xlor organik va fosfor organik pestitsidlar, sintetik faol moddalar, og`ir metallar, ftor, oqiziq moddalar va boshqalar bo`yicha tajriba xonalarda taxlildan o`tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar 50 ta suv obyektida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yog`inlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stansiyalarda o`rganiladi. Ulardagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kalsiy, magniy, natriy, kaliy, ftoridlar va boshqalar laboratoriyalarda aniqlanadi. Qor qatlamining ifloslanishi sanoat rivojlangan shaharlarda 26 ta modda bo`yicha tekishiriladi. Havoning ifloslanishi 34 shaharning 65 turg`un punktlarida kuzatiladi, ularda 30 ta zararli aralashmalarning konsentratsiyasi o`lchanadi.
Sug`oriladigan yerlarning sho`rlanishga berilishi yilda 2 marta ( 1 aprel va 1 oktabr) aniqlanadi, tuproqlarda tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda ma`lum joylarda kuzatib boriladi, shuningdek, shu maydonlarda grunt suvlarning chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi, ifloslanishi aniqlandi. Vohalarda zovur suvlarning minerallashuvi, ifloslanish darajasi ham ma`lum joylarda muntazam ravishda o`rganiladi.
Tabiat komponentlarining ifloslanishi o`zgarishlari, minerallashuvi va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan dasturlar asosida respublika miqyosida tuziladi va tegishli muassasalarga, shuningdek , Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi.
Geoekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, bir yillik ma`luotlar asosida esa ekologik vaziyatlar , yerlarning meliorativ holatining tadrijiy o`zgarishlarini , turli kasalliklarining yillar davomida o`zgarishni ishlab chiqirsh uchun darkor. Bu borada biosfera qo`riqxonalari va oddiy qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning Amaliy ahamiyati beqiyos kattadir.
Davlat ekologik ekspertizasi. Atrof-muhit musaffoligini saqlab qolish atmosfera havosi, suv havzalari, tuproq , o`simlik qoplami ifloslanishining olidni olish maqsadida yangitdan vujudga keltiriladigan har qanday injenerlik loyihasi uning kata-kichikligidan qat`iy nazar avvalo davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazish darkor. Bu hol «Tabait muhofazasi to`g`risida» qonunda ham yozib qo`yilgan. Ekspertizaning maqsadi xo`jalik korxonasining tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik havfini aniqlash, ushbu xavfli darajasining muayyan me`yoriy ko`rsatkichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baholashdir. Loyihada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi zarur.
Davlat ekspertizasidan sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar, konlar, shahar qurilishi, chiqindilar to`planadigan joylar, chiqindilar yo`q qilinadigan maxsus joylar, kimyoviy ashyolar va ular ishlatiladigan xududlar va boshqa xo`jalik obyektalari loyihalari albatta o`tkaziladi. Loyihada xo`jalik obyektlarining o`z faoliyati davrida atrof-muxitga zarur yetkazishi oldi olinggan bo`lsa, ya`ni maxsus moslamalar mavjud bo`lgan taqdirda, Ushbu loyihani amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Tog`lardagi daryo havzalarida ishga tushurilishi lozim bo`lgan ma`dan konlari, ularning boyitish fabrikalari loyihalari ekologik ekspertizadan maxsus mutaxassislar ishtirokida o`tkaziladi. Chunki bunday nozik loyihada texnologiya tizimi yoki ma`danlarni saqlash joylaridan ularning qismi soy suvlariga aralashishi butun havzada noxush oqibatlarga olib kelmasligiga hech Kim kafolat bera olmaydi. Binobarin , ekspertiza chog`ida mazkur ro`y berishi mumkin bo`ladigan xunuk hodisaning qanday oldi olinishi mumkinligi obdan chuqur tekshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi asosan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasida o`tkaziladi. Mazkur muassasada ekspertiza ishlarini atroflicha biladigan yetuk mutaxassislar turli sohalarda tadqiqot ishlarni olib boradilar.


Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling