Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Nazariya
– bilimning biron-bir sohaga oid g‘oyalar tizimi yoki voqye lik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. A. Rafikovning «Geoekologik muammolar» (1997) nomli kitobida tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga kelgan zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning geoekologik jihatlari ochib berildi. Unda Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston misolida, geoekologik muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanishi ko‘rsatib o‘tildi. Global, mintaqaviy va mahalliy geoekologik masalalar tabiiy geografik nuqtayi nazaridan baholandi. Fikrimizcha 2 «Geoekologiya»ni – «Geografik ekologiya» ekanligini isbotlovchi aniq bir holatga, aytish mumkinki ak- siomaga mutaxassislar o‘z e’tiborlarini qaratishlari lozim. Umume’tirof etilgan «Ekologiya»ning eng katta obyek- ti – ekosfera, ya’ni Yer planetasida tirik mavjudotlarning ya- shash makonini qamrab oluvchi qobiq yoki megaekotizim. «Geografiya»ning obyekti esa – geosfera, ya’ni Yer planeta- sining geografik qobig‘i yoki megogeotizim. Geografik qobiq ekosferaning eng faol o‘ziga xos qatlamidir. Ekotizimlarni «Geologiya»ga to‘laligicha qo‘llab bo‘lmaydi, chunki Geologiyaning obyekti Yer po‘sti va Yer 3 . Yer po‘sti yerning tirik organizmlar kirib bormagan, ya’ni biosferadan pastdagi quyi qatlamlariga tushib boradi. Bu esa geologiya obyektining biosfera, jumladan, ekosfera doirasidan chiqib keti- shi demakdir va shuning uchun ham Yer po‘sti ekologik fanlar obyekti bo‘la olmaydi. Ha, olimlar organizmlarni 7–8 km ga- 2 Nigmatov A., Shomuratova N. Geoekologiyaning nazariy asoslari // Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy muammolari. – T., 2006. – 12 – 15-b. 3 Dolimov T.N., Troitskiy V.I. Evolutsion geologiya. – T.: «O‘zMU nashriyoti», 2005. – 512 b. 8 cha chuqurlikda, neft va gaz tarqalgan organik dunyo qoldiqlari topilgan qatlamlarda uchratmoqdalar. Lekin geologiya obyekti ushbu foydali qazilma qatlami bilan chegaralanib qolmaydi-ku! Agar «Geologiya»ning ekologik jihatlarini organizmlar tarqal- gan chegaralar doirasida tadqiq qilmoqchi bo‘lsak, unda qan- daydir o‘zga atamalarni qo‘llash kerak. Masalan, «Neft qatlam- lari ekologiyasi», «Gaz qatlamlari ekologiyasi» va h.k. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling