“geoekologiya asoslari ”
Download 0.58 Mb.
|
Geoekol majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo okeani Dunyo okeani, muzliklar Dunyo okeani, muzliklar, ko‘llar va daryolar
Chuchuk suv ryesurslari va ulardan oqilona foydalanish. Suv – tabiatda tugamaydigan va tiklanadigan xususiyatlarga ega bo‘lgan tabiiy resurslardir. Ammo hidrosferaning qariyb 94% i maydoniga ko‘ra ham, hajmiga ko‘ra ham Dunyo okeaniga to‘g’ri keladi (– jadval). Yerdagi chuchuk suvlarning miqdori har yillik oqim hisobiga 4x1013 m3 ni tashkil etadi. Ammo, 1,5x1016 m3 chuchuk suv muzliklarda va aysberglarda to`plangan.
Shunday qilib, chuchuk suvlar hidrosferaning atigi 2% ga yaqinini tashkil etadi. Global suv zahiralarining atigi 3% ini chuchuk suvlar tashkil etadi.??? Chuchuk suvlar suvning uzluksiz aylanma harakati tufayli hosil bo‘ladi. Bug`lanish natijasida 525 ming km3 suv hosil bo‘ladi. Bu miqdorning 86% i Dunyo okeaniga va ichki suv havzalariga (Kaspiy, Orol va b.sh.) to‘g’ri keladi; qolgan qismi esa (uning ham yarmi o‘simliklarning transpiratsiyasi suvlariga) quruqlik 1250 mm qalinlikdagi suv qatlami bug’lanadi. – jadval.Yerda hidrosfera va uni tashkil etuvchi qismlarning maydoni, mln. km2 (K.S. Losevdan, 1989)
Daryolar – hozirgi sharoitlarda foydalanish miqdoriga ko‘ra, chuchuk suvlarning asosiy manbaidir. Agar sayyoramsizdagi barcha daryolarda oqim bir lahza to‘xtalib, ulardagi suv miqdori o‘lchansa, 1200 km3 ni tashkil etadi. Ammo daryolardagi suvlarning almashinuvi juda tez sodir bo‘lishi boisidan daryolarda har yili 45000 km3 suv oqib o‘tadi. Shundan: 44000 km3 i Dunyo okeaniga, qolgani esa berk havzalarga tushadi. daryolarning umumiy oqimida yer osti suvlarining ulushi 14 – 16 ming km3 dir. – jadval. Hidrosferadagi chuchuk suv zahiralari
Yer kurrasidagi uzunligi 1000 km va undan ortiqroq bo‘lgan daryolarning soni 50 dan ortiqroq bo‘lib, ular quruqlikning deyarli yarmida suv yig’adi. Barcha daryolardagi oqimining 1/10 qismi faqat Amazonka daryosiga to‘g’ri keladi. Daryo suvlari uzluksiz tiklanib turishi tufayli inson foydalanishi uchun eng yaroqli suv manbaidir. Kishilik jamiyatining rivojlanishida daryolarning ahamiyati beqiyosdir, zero inson faoliyatining biror – bir sohasi yo‘qki, bu suv bilan bog’liq bo‘lmasin. Daryolar aloqa yo‘llari, arzon elektr energiyasi va suv ta‘minotining muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Daryo suvlarining minerallashuv darajasi dengiz suvlariga nisbatan 200 baravar kamroqdir. – jadval. Daryo suvlarining o‘rtacha tarkibi
Hozirgi paytda sayyoramizning har bir kishisiga 11,8 ming km3 daryo suvi to‘g’ri keladi. Chuchuk suvlarning asosiy zahiralarini qor – muzlik suvlari hosil qiladi (260 ming km3). Hisoblarga ko‘ra, ko‘llardagi chuchuk suvlarning hajmi 91 ming km3. Shuningdek, botqoqlar va tuproq qoplami chuchuk suvlar saqlanadigan ulkan rezervuarni (lot. reservare saqlamoq, jamg’armoq) hosil qiladi. Bu rezervuarda (100 ming km3) suv saqlanadi. Chuchuk suvlarni hosil qiluvchi atmosfera namlarning hajmi esa 1400 km3. Muzliklar yer osti suvlari bilan birgalikda chuchuk suvlar zahiralarining 99,2% ini tashkil etadi. Yer osti suvldari chuchuk suvlarning eng muhim manbai bo‘lsada, bu manbalardan foydalaniladigan suv miqdori daryolardan olinadigan suv hajmining 20% iga yaqinini tashkil etadi. Shunday qilib, hozirgi paytda iste‘mol uchun foydalanilayotgan chuchuk suvlarning asosiy manbaini daryo suvlari hosil qiladi. Hisoblarga ko‘ra, foydalanish uchun olinayotgan chuchuk suvlarning hajmi 20 – 30 ming km³ doirasiga bo‘lib, bundan tashqari boshqa manbalardan (yer osti va chuchuklashtirilgan dengiz suvlari) olinayotgan suvlarning hajmi daryolardan olinayotgan suvlarning taxminan 10 – 20% ini tashkil etadi (Losev, 1989). Hisoblarga qaraganda, Yer po‘stining yuqori 5 km li qatlamida (kontinentlarda) 84,4 mln. km3 suv mavjud. Shundan 60 mln. km3 erkin (birikmagan holdagi yoki gravitatsiya (lotincha grave – og’irlik) suvlarga to‘g’ri keladi. Butun yer po‘stida Dunyo okeani suvlarining hajmi bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan hajmdagi suv zahiralari (1,5 mlrd. km3) joylashgan. Zahiralariga ko‘ra statik (yun. statos turgan, turuvchi) yoki asriy hamda dinamik (tiklanadigan) yer osti suvlarni ajratadilar. Yer osti suvlarining foydalanish zahiralari ularning harajatiga bog’liq. M.I.Lvovichning ma‘lumotlariga ko‘ra, yer osti suvlarining dinamik zahiralari dunyo bo‘yicha 12000 km3 ni tashkil etadi. Yer osti suvlari chuchuk suvlarning muhim manbalari bo‘lsada, ulardan foydalanish ma‘lum qiyinchiliklar bilan bog’liq. Yer osti suvlarining tiklanishi sekin sodir bo‘ladi, ularni yer bag’irlaridan olish esa yuza manbalaridan suv olishga nisbatan ancha murakkab jarayondir. Shu sababli yer osti manbalaridan olinayotgan suvlarning miqdori daryolardan olinayotgan suvlar hajmining 20% dan ko‘p emas. Yer osti suvlarining tarkibida D.I.Mendeleev davriy jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud. Shu sababli bu xildagi suvlar qimmatbaho kimyoviy xom ashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, yer osti suvlari davolashda, isitishda va elektr energiyasi olishda ham foydalaniladi. Quruqlikka yog`inlar ko`rinishida tushadigan chuchuk suvlar sayyoramiz aholisining suvga bo`lgan ehtiyojdan 50-60 marta ko`proq. Ammo suv taqchilligi bilan bog`liq bo`lgan muammolar mavjud.Sayyoramizning ko`pgina hududlarida bu muammolar suv resurslarining notekis taqsimlanishi bilan bog`liq. Qurg`oqchil, chala qurg`oqchil va namlanish yetarli bo`lmagan hududlar quruqlikning qariyb 60% maydonini tashkil etadi. Bu hududlarda 250 mln. kishi istiqomat qiladi.Suv taqchlligining sabablaridan biri sanoat rivojlangan mamlakatlarda suvdan katta miqdorda foydalanish bilan bog`liq.Ko`pgina mamlakatlarda esa suv tanqisligi suv havzalarining iflosanganligi bilan bog`liq..erda suv ta’minotini yaxshilash suvni tejamkorlik bilan sarflashga bevosita bog`liq. Jahonda hozirgi paytda har bir kishiga hidrosferaning taqriban 0,3 km3 suvi to‘g’ri keladi. Ammo hidrosferada juda kichik ulushga ega bo‘lgan chuchuk suvlar (barcha ko‘rinishdagi) har bir kishiga 4 mln. m3 ni, faqat suyuq holatdagi suvlar 13 mln. m3 ni va daryolar hamda ko‘llardagi chuchuk suvlar 40 ming m3 ni tashkil etadi.??? Sayyoramiz miqyoslarida suvga bo‘lgan ehtiyoj va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari darajasini e‘tiborga olgan holda Yerda suv ko‘p ekanligini, ammo foydalanish uchun suvning kam ekanligini qayd qilish mumkin. Agar gidrosferadagi barcha ko‘rinishdagi suvlarni sayyoramiz aholisiga o‘rtacha taqsimlansa, har bir kishiga 0,3 km3 suv to‘g’ri keladi. Ammo, yuqorida ta‘kidlanganidek, gidrosfera suvlari hajmida chuchuk suvlar hisobga olinsa, bu miqdor 1 mln. m3 dan barcha holatdagi chuchuk suv to‘g’ri keladi, ammo suyuq holatdagi chuchuk suvlar hisobga olinsa bu miqdor 1 mln. m3 dan oshmaydi. Foydalanish eng oson bo‘lgan daryolar va ko‘llarning chuchuk suvlari sayyoramizda har bir kishiga atigi 40 ming m3 tashkil etadi. Suv resurslari kontinentlar va ularning regionlari bo‘yicha juda notekis taqsimlangan (7-jadval). Shu sababli suvlardan foydalanishda har bir hududning suv resurslarining regional sharoitlari e‘tiborga olinishi zarur. – jadval.Materiklarning chuchuk suv (daryo oqimi) resurslari (M.I. Lvovichdan, 1986)
х Markaziy Amerika va Vest – Indiya bilan birgalikda. хх Antaraktida va Grenlandiyadan tashqari. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling