Geofazoviy ma’lumot toʻplash usullari kirish Reja


Ma’lumotlarning geoaxborot tizimida koʻrinishi


Download 1.46 Mb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1780682
1   2   3   4
Bog'liq
GEOFAZOVIY MA’LUMOT TOʻPLASH USULLARI

Ma’lumotlarning geoaxborot tizimida koʻrinishi. Geoma’lumotlar geoaxborot tizimida odatda kartalarga bogʻlangan boʻladi. Karta GATda geoma’lumotlar bilan ishlaydigan yagona soha hisoblanadi va bundan tashqari, GATning pirovard mahsuloti ham sanaladi. Shuning uchun GAT nafaqat kartani ishlab chiqaradi, balki maxsus qayta ishlash va tahlil jarayonlari orqali ma’lumotlarning tahliliy ishlarini ham bajarib keladi.
Zamonaviy GAT uch xil koʻrinishda boʻlishi mumkin. Bular jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali koʻrinish, karta koʻrinish va model koʻrinishdir.
Ma’lumotlarning jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali koʻrinishi. GAT bu dunyo ma’lumotlar bazasini oʻzida jamlovchi tizimdir yoki boshqacha nom bilan geografik ma’lumot bazasi deb ham atashimiz mumkin. GAT dunyoni geografik jihatdan maxsus tuzilishga ega boʻlgan ma’lumotlar bazasi orqali tasvirlaydi. Bunda ma’lumotlar geoaxborot tizimidagi vektor qatlamga bogʻlangan maxsus jadvallarga kiritiladi. Qulayligi shundaki, vektor formatdagi qatlamlardagi geoshakllar (nuqta, chiziq, poligon) toʻgʻrisidagi barcha atribut ma’lumotlar jadvalda aks ettiriladi va geoshakllar belgilanganda jadvaldagi qatorlar ham belgilanadi (3-rasm)

3-rasm. Atribut ma’lumotlarning jadval orqali koʻrinishi

Ma’lumotlarning karta koʻrinishi. GAT barcha tafsilotlarga ega boʻlgan mukammal kartalar tizimi yigʻindisidir. Kartalar orqali yer sathining barcha xususiyatlari koʻrsatiladi. Bunday usulda yaratilgan kartalar orqali axborot olish, tahlil qilish va tahrir qilish kabi ishlar bajariladi. Bunday koʻrinish boshqacha nom bilan geotasvirlash yoki inglizcha geovisualization deb ataladi. Tizim orqali yaratilgan kartada bir vaqtning oʻzida joyning relyeflari, chegaraviy boʻlinganligi, maxsus diagrammalar, ranglar orqali belgilanishi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.



4-rasm. Ma’lumotlarning karta orqali koʻrinishi

Ma’lumotlarning model koʻrinishi. GAT bu boshqa turdagi axborot va ma’lumotlarni oʻzgartirish qurilmalari yigʻindisiga ega boʻlgan tizim hamdir. Bunda mavjud ma’lumotlar yigʻindisidan yangi ma’lumotlar yigʻindisini tashkil qilish tushuniladi. Bunday jarayon boshqacha nom bilan geojarayonlash yoki inglizcha geoprocessing deb ataladi. Bunda geojarayonni tashkil qiluvchi mavjud ma’lumotlarni olib, ularni tahlil qiladi va hosil boʻlgan natijalarni yangi ma’lumotlar yigʻindisi shaklida yaratib, ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Ushbu jarayonda geoaxborot tizimidagi maxsus dastur (ArcGIS) da ModelBuilder deb nomlanuvchi qismi boʻlib, unda foydalanuvchi mavjud ma’lumotlar toʻplami va maxsus asboblar (Arctoolbox) orqali algoritmlashgan model qurishi mumkin va oʻz navbatida, undan hosil boʻlgan mahsulot (raqamli karta, ma’lumot toʻplami) yaratilishi mumkin. Shuning uchun geoaxborot tizimida modellashtirish va model tushunchalari mavjud.


Modellashtirish turli ma’lumot va asboblar (tools) orqali maxsus algoritmlarni yaratish boʻlsa, ular orqali hosil qilingan mahsulot model deb nomlanadi. Modellashtirish algoritmining qulaylik tarafi – tayyor algoritm foydalanuvchilar orasida almashinishi mumkin va bunda foyd alanuvchi boshlangʻich ma’lumotlar toʻplami (raqamli surat, kosmik surat) ni oʻzgartiradi hamda olingan natijani taqqoslashi mumkin boʻladi. Bu jarayon ayniqsa ilmiy ishlarda juda koʻp ishlatiladi.

5-rasm.Ma’lumotlarning model koʻrinishi


Foydalanilgan adabiyotlar
1.T.X. Boltayev, O.M.Akbarov GEOAXBOROT TIZIMLARI (Maxsus kurs) Toshkent – 2010.
2. T.X. Boltayev, Q.Raxmonov Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari Toshkent – 2015.
3. Internet saytlari.
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling