Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Old Osiyoda,
asosan, och kashtan, qo‘ng‘ir va och jigarrang, o‘rmon qo‘n-
g‘ir va tog‘ podzol tuproqlar tarqalgan. Cho‘llarda qumli cho‘l
tuproqlari uchraydi. O‘lkada o‘simliklardan dub, buk, grab,
eman, yovvoyi tok, chirmoviq, xandon pista, xurmo daraxti,
jiyda kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi va ech-
kisi, yo‘lbars, qoplon, to‘ng‘iz, cho‘l mushugi, jayron, chiya-
bo‘ri, turli kemiruvchilar, ilonlar, qushlardan qizil g‘oz, o‘r-
dak, baliqchi qush va boshqalar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Kichik Osiyo, Zagros, Elbrus, yovvoyi tok, cho‘l mu-
shugi, jayron.
Nazorat uchun savollar
1. Old Osiyoning relyefi qanday?
2. O‘lkada qanday tuproqlar tarqalgan?
Amaliy topshiriqlar
1. O‘lkadagi asosiy relyef shakllari nomlarini yozing.
2. Darslik matnidan foydalanib, Old Osiyo tabiatiga qis-
qacha tavsif bering.
68- §. Umumlashtiruvchi takrorlash
Darslik va 6- sinf atlasidagi xaritalar asosida o‘z bilimingizni
sinab ko‘ring va baholang. Buning uchun dastlab barcha para-
graflardagi atama, tayanch tushuncha va nomlar, nazorat uchun
savollarga bergan javoblaringizni eslang va yana takrorlang.
151
24- rasm. Afrikaning tabiiy xaritasi.
FOYDALI QAZILMALAR
ILOVALAR
152
25- rasm. Janubiy Amerikaning tabiiy xaritasi.
FOYDALI QAZILMALAR
153
26- rasm. Shimoliy Amerikaning tabiiy xaritasi.
154
27- rasm. Yevrosiyoning tabiiy xaritasi.
155
155
156
Do'stlaringiz bilan baham: |