Geog 1 (38-янги). p65
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik tuzilishi.
- Ichki suvlari.
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Osiyo tabiatining xilma-xil bo‘lishiga qanday omillar ta’sir etadi? 2. Janubiy Osiyo hududida qanday iqlim mintaqalari bor? 149 Amaliy topshiriqlar 1. Himolay, Hind-Gang va Hindiston yarimoroli iqlimini qiyoslang. 2. Atlasdagi xaritadan foydalanib, o‘lkadagi tabiat zona- lari jadvalini to‘ldiring. 67 - §. Old Osiyo Geografik o‘rni. Old Osiyo o‘lkasi Kichik Osiyo yarimoroli, Armaniston va Eron tog‘liklarini o‘z ichiga oladi. Bu o‘lka shi- molda Sharqiy Yevropa, sharqda O‘rta Osiyo, janubi sharqda Janubiy Osiyo, janubda Janubi-g‘arbiy Osiyo o‘lkalari bilan chegaralanadi. Geologik tuzilishi. Old Osiyo zamini paleozoy erasida vu- judga kelgan. Kaynozoy erasida sodir bo‘lgan alp tog‘ burma- lanishi davrida yana qayta ko‘tarilgan va yashargan. O‘lka hududi tektonik jihatdan faol bo‘lib, Alp-Himolay seysmik mintaqasiga kiradi. Relyefi. Relyefi, asosan, past va yassi tog‘liklardan iborat. Old Osiyoning relyefi shimol va sharqdan janub va g‘arbga to- mon nishab. O‘lkaning g‘arbiy va janubiy chekkalarida pastte- kisliklar joylashgan. Old Osiyo hududida balandligi 200 metr- dan oshmaydigan pasttekisliklardan tortib, mutlaq balandligi 5 000 metrdan ortadigan baland tizmalarni uchratish mumkin. Kavkaz, Pontiy, Tavr, Zagros, Elbrus tog‘lari ana shunday tizmalar sirasiga kiradi. Old Osiyoning eng baland nuqtasi Kav- kaz tog‘ida bo‘lib, balandligi 5 642 m ga yetadi. Iqlimi. Old Osiyoning iqlimi o‘ziga xos bo‘lib, g‘arbida, aso- san, O‘rta dengiz iqlimi, janubi sharqida esa subtropik kon- tinental iqlim vujudga kelgan. O‘lkaning shimolida o‘rtacha havo harorati qishda –15 °C ni, yozda +20 +24 °C ni, janubida esa qishda +2 +10 °C ni, yozda +32 °C ni tashkil qiladi. Yoz oylarida ba’zi joylarda havo harorati +45 +50 °C gacha yetadi. 150 Yillik yog‘in miqdori o‘lka shimolida 50 — 100 mm ni, janubida 350 — 500 mm ni tashkil etadi. Tog‘larda 1 000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Ichki suvlari. Kura, Karun, Xarirud, Atrek, Kashofrud, Araks daryolari Old Osiyoning eng yirik daryolaridir. Shu bilan bir- galikda o‘lka hududida Urmiya, Van va boshqa kichik ko‘llar bor. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling