Geog 1 (38-янги). p65
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
6-sinf geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atmo- sferaning quyi qismi Bio- sfera Gidro- sfera Lito- sferaning
- Amaliy topshiriqlar
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Geografik qobiq, geografik qobiqning tuzilishi: litosfera, at- mosfera, gidrosfera, biosfera, ozon pardasi, geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi. Nazorat uchun savollar 1. Geografik qobiqning o‘rtacha qalinligi va chegaralari ha- qida so‘zlang. 2- rasm. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro ta’siri. Atmo- sferaning quyi qismi Bio- sfera Gidro- sfera Lito- sferaning yuqori qismi Yerning ichki energiyasi Quyosh energiyasi 12 2. Geografik qobiqning xususiyatlari deganda nimani tushu- nasiz? 3. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi? Amaliy topshiriqlar 1. Darslikdagi 2- rasmni daftaringizga chizing va uni izoh- lang. 2. Geografik qobiqning gorizontal tuzilishini xaritadan ko‘- rib chiqing. 3. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishini izohlab yozing. 4 — 5- §. Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlari Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geo- grafik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobio- gen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich — Yer taraqqi- yotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib to- padi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8 — 3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geo- grafik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan. Biogen bosqich — 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan (1- jadvalga qarang). Nati- jada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil av- val) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik fao- liyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘r- satmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling