2
E.Yu.Safarov, Sh.M.Prenov, O.R.Allanazarov, Q.Q.Bekanov.
Geografik axborot tizimlari. ArcGIS dasturida amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim
muassasalarining 5311500 - Geodeziya, kartografiya
va kadastr bakalavriatura
yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Unda
geografik axborot tizimlari o‘quv fanidan amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish
bo‘yicha zarur o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Topshiriqlarni bajarishda
foydalanish uchun ko‘rsatmalar xorijiy davlatlar
va respublikamiz hududlari
bo‘yicha bajarilgan ishlardan namunalar va chop etilgan xaritalar bilan
to‘ldirilgan.
Bundan tashqari ushbu qo‘llanma talabalarga
ArcGIS dasturidan
foydalanish va ishlash tamoyillarini o‘rganishga, ma’lumotlarni kiritish,
qayta
ishlash va fazoviy ma’lumotlar ko‘rinishida tasvirlash usullaridan amaliy
bilimlarini olishda katta yordam beradi.