Geografik o‘rni va chegaralari
Download 490.99 Kb.
|
Birlashgan Arab Amirliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzumi.
Tarixi. BAAning qadimiy va o‘rta asrlaridagi tarixi Ummon tarixidan ajralmagan holda, bu amirliklar uning bir qismi bo‘lgan, lekin uning ba’zi birlari, asosan Dubay va Sharja o‘zining mustaqilligi bilan farq qilgan. Amirliklar Ummondan XVIIIasrning oxirida ajraldi. Mana shu yuz yillikda bu amiliklarning aholisi Fors va Ummon ko‘rfazida o‘rnashib olgan ingliz Ost-Indiya kompaniyasiga qarshi qurolli kurash olib bordilar, bunga inglizlarning keyinchalik mamlakatni “Qaroqchilar sohili” deb nomlashi sabab bo‘ldi. 1892-yilda Arabiston yarimorolining sharqiy qismida joylashgan arab davlatlari federatsiyasi Buyuk Britaniya bilan birgalikda Fors ko‘rfazi rayonida qaroqchilarga qarshi kurash maqsadida shartnomani imzolashdi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng BAA hududida milliy ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Bu yerda 50-yilda neft konlari qo‘lga kiritilgandan keyin bu harakatlar kuchayib ketdi. Dunyo mustamlakachilik tuzimi inqirozga yuz tutgan sharoitda Angliya hukumati 1968-yilda o‘zining sharqdan Suvaysh kanaligacha bo‘lgan, asosan Fors ko‘rfazi rayonidagi hamma bazalaridan harbiy kuchlarini olib chiqib ketishini e’lon qilishga majbur bo‘ldi. 1971-yil dekabrda oldingi Shartnomaviy Ummonning olti amirligi suveren davlat BAA tashkil qilinganligini e’lon qiladi. 1972-yil fevralda BAAga Ras-ul-Xayma amirligi qo‘shildi. BAA mustaqillikka erishgandan keyin oldingi protektorat haqidagi kelishuv “do‘stlik haqidagi shartnoma” bilan almashtirildi. Angliya BAAda o‘z maslahatchilarini saqlab qoldi va vaqti-vaqti bilan o‘zlarini qurolli kuchlarini almashtirish uchun amirliklarga kelib turish huquqini oldi. U harbiy bazalarini federatsiya hukumatiga rasmiy topshirdi va amirliklarga iqtisodiy hamda harbiy “yordam” berishni va’da qildi. 1971-yil oxirida BAA Arab davlatlari ligasining a’zosi bo‘ldi va BMTga qabul qilindi. Davlat tuzumi. Markaziy hokimiyati maxsus vakolatlarga ega bo‘lgan amirliklar federatsiyasi. Federatsiyaga yetti arab amirliklari kiradi. BAA 1971-yil 2-dekabrda mustaqillikka erishdi. Mustaqillikka qadar u Buyuk Britaniya protektorati(qaram davlati) hisoblanib, uning oldingi nomi Shartnomaviy Ummon bo‘lgan. BAAga mustaqillik bergan kun (1971-yil 2-dekabr) milliy bayram – Federatsiyaning tashkil topgan kuni sifatida nishonlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat Prezidentga hamda hukmdorlarning Oliy Kengashiga tegishlidir. Amaldagi prezidenti shayx Xalifa bin Sulton Al-Nayyan(2-dekabr 2004-yildan). Download 490.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling