Geografik o‘rni va chegaralari
Aholisi va mehnat resurslari
Download 490.99 Kb.
|
Birlashgan Arab Amirliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.
Aholisi va mehnat resurslari. Mamlakatning umumiy aholisi 6mln kishi(2009-yil), shu jumladan 1576472 kishi chet el fuqarolari. O‘rtacha zichlik 1km²da 35 kishi. Emiratlilar – 19%, arablar va eronliklar – 23%, janubiy Osiyodan kelganlar - 50%, g‘arbiy va sharqiy Osiyodan kelganlar – 8%. BAA fuqarolari aholining 20%ini tashkil etadi. Davlat tili – arab tili, shuningdek ingliz, fors, hind, urdu tillari tarqalgan. 96% aholi islom diniga e’tiqod qiladilar(ularning 16%i shiyalar), xristian va xindular 4%. Tug‘ilish har 1000kishiga 18ta,o‘lim har 1000 kishiga 3,79 ta(bolalar o‘limi har 1000 bolaga 16,68 ta). O‘rtacha umr qurish erkaklarda 71,84 yosh, ayollarda 76,86 yosh.
Yosh tarkibi: 14 yoshgacha bo‘lganlar - 28,86%; 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlar - 68,74%; 65 yoshdan katta bo‘lganlar - 2,4%. Mehnatga yaroqli axoli 1,4 mln.kishi (15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lganlarning 75%i xorij fuqarolari). Aholining bandligi: xizmat ko‘rsatishda – 60%, sanoatda – 32%, qishloq xo‘jaligida – 8%. Yirik shaharlari: Abu-Dabi, Dubiy, Sharja. Aholining ⅔qismidan ko‘prog‘i o‘troq hayot kechiradi, ichki rayonlarda, asosan g‘arbda ko‘chmanchi va yarim ko‘chnanchi qabilalar bor. BAA uchun har doim qishloq xo‘jaligi va dengiz sanoatida, mavsumiy ishlarda qo‘shimcha ishchi kuchlariga ehtiyoj sezilganda imigratsiya xos bo‘lib kelgan. Neft konlarini intensiv qayta ishlash natijasida mamlakatda imigrantlar oqimi yana ham oshdi. Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Neft konlari ochilgunga qadar unchalik aholisi ko‘p bo‘lmagan bu mamlakatda asosan chorvachilik, palma yetishtirish, baliqchilik va marvarid qidirish bilan shug‘ullanar edilar. Maravarid eksportidan Dubay amirligi mintaqaning yirik savdo markaziga aylandi, biroq sun’iy marvarid paydo bo‘lgandan so‘ng mahalliy savdogarlar oltin va qimmatbaho toshlar bilan shug‘illanishga o‘tib olishdi. Sanoati. BAA sanoatida neft asosiy o‘rinni egallaydi. Birinchi neft koni 1958-59-yillarda Abu-Dabi amirligida topilgan. 1962-yil neftning tijorat yo‘lida qazib chiqarish boshlandi. O‘sha vaqtda mamlakat Britaniya protektorati ostida bo‘lganligi sababli neft qazib chiqarishni ingliz kompaniyalari olib borar edi va mahalliy hukumatga ma’lum foizlar ajratar edi. 1975-yil neft qazib chiqarish tarmog‘ini milliylashtirish amalgam oshirildi va undan olinadigan daromad davlat budjetiga kelib tusha boshladi. 1966-yil Dubay amirligida ham neft konlari topildi. 1971-yil Britaniya qo‘shinlari mamlakatdan chiqarilib yagona davlat BAA tashkil topdi. BAA dunyo neft bahosining ko‘tarilishi bilan kichik cho‘l amirligidan hayot tarzi yuqori bo‘lgan davlatga aylandi. 1966-yil Abu-Dabi amirligi neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti “OPEK” ga a’zo bo‘ldi. 1971-yil amirliklarning yagona davlat bo‘lib birlashishi natijasida OPEK ka a’zolik BAA ga o‘tdi. Mamlakat OPEK ka bir vakil bo‘lib a’zo bo‘lsada, har bir amirlik o‘z hududidagi neft qazib chiqarish, eksport qilish hajmini o‘zi belgilaydi. Neft va mineral resurslar vazirligining hukumronligi cheklangan bo‘lib, u faqatgina neft qazib chiqarish tarmog‘i rivojlanishining umumiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va uni rivojlantirishda cheklangan holda ishtirok etishi mumkin. Neftning yirik zahirasiga ega bo‘lgan Abu-Dabi amirligi o‘z iqtisodiyotining rivojlantirish uchun katta sarmoyalarni jalb qilish siyosatini olib bormoqda. Asosan aeroportlarga, yo‘llar qurilishiga,portlarni rivojlanishiga, bank va turistik tarmoqlarga katta mablag‘lar sarf qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti neftga tobelikni kamaytirish maqsadida diversifikatsiyaga yo‘naltirilgan ko‘pgina loyihalarni amalga oshirmoqda. Mamlakatdagi qulay investitsion iqlim ko‘pgina chet el kompaniyalarini jalb etmoqda. Mamlakatdagi har 55-odam millioner, davlat yosh oila quruvchilarga $100ming to‘yana beradi, arab ayoli har bir tug‘ilgan farzandi uchun $20ming va yer uchastkasi oladi. Shuning uchun shunday maqol yuradi “har bir arab neft konining egasi bo‘lib tug‘iladi”. O‘z kuchi bilan moliyaviy jihatdan o‘zini ta’minlay olmaganlarga davlat o‘z hisobidan uy qurib beradi, yoshlarni xorijda o‘qish sarf-xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. So‘ngi vaqtlarda neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoatining hissasi YAIMda asta-sekin kamayib bormoqda va o‘z o‘rnini ko‘chmas mulk, savdo, qishloq xo‘jaligiga bo‘shatib bermoqda. Mamlakat o‘zining oziq-ovqatga bo‘lgan ichki ehtiyojini faqat chorak qismini qondiradi, shuning uchun qishloq xo‘jaligiga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi katta. Investitsiyalar birinchi navbatda suvni chuchuklashtiruvchi zavodlar qurilishiga kelib tushmoqda, bu esa nafaqat dala va bog‘larni suv bilan ta’minlash, balki o‘tqizilgan daraxtlarni sug‘orish imkonini beradi. Sayyohlik milliy daromadda yuqori o‘rinlarni egallaydi, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasi eng yuqori yevropa standartlariga javob beradi. Hozirgi vaqtda Rossiyadan sayyohlar oqimi bir yilda 250ming kishini tashkil etmoqda. Biznes va sayyohlikning rivojlanishi amirlikda qurilishning shiddat bilan avj olishiga turtki bo‘ldi. Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi osmono‘par binolar va besh yulduzli mehmonxonalarga milliardlab dollarlar ajratilmoqda. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 490.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling