Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet99/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Geografik baholash tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash.

Geografik ekspertiza loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish kelmasligini aniqlash.

Geografik o‘rin – Yer yuzidagi biror bir obyektning o‘zi bilan aloqador boshqa obyektlarga nisbatan tutgan o‘rni.

Geografik prognoz – tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berish.

Geoid (yunocha ge Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, “Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va mu- vozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.

Geyzer (islandcha geyzir - otilmoq) vaqti-vaqti bilan favvoraga o‘xshab otilib turadigan issiq buloqlar. Geyzerlar asosan harakatdagi vulqonlar bor o‘lkalarda ko‘p uchraydi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling