Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet79/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

10-jadval


Afrika subregionlari haqida umumiy ma’lumot


Subregionlar

Maydoni, mln km2

Aholisi soni, mln kishi

Davlatlar soni

Shimoliy

8,5

218

7

G‘arbiy

6,0

341

16

Sharqiy

6,3

379

17

Markaziy

6,6

142

9

Janubiy

2,7

61

5

Shimoliy Afrika O‘rta va Qizil dengizlar, Atlantika okeaniga chiqa olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sababli qadimdan Yevropa hamda G‘arbiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi. Hudu- dining katta qismi subtropik mintaqaga to‘g‘ri kelganligi davlatlarning paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalar yetishtirishga ixtisoslashishga sa- bab bo‘lgan. Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda mine- ral xomashyolarni qazib olish (neft, tabiiy gaz, fosforit, temir rudasi) hamda qayta ishlash bilan bog‘liq. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi




  1. rasm. Afrika subregionlari

mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisos- lashgan yengil va oziq-ovqat sanoa- ti ham yaxshi rivojlangan. Bu yerda dengiz transporti ahamiyatli hisob- lanadi. Ayniqsa, Suvaysh kanalining bu mintaqa hududida joylashganligi transport xizmatlarining yuqori dara- jada rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, xizmatlar sohasida turizm xizmatining ham o‘rni katta.

Aholisining asosiy qismini arab tilida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil qiladi. Ko‘p asrlik tarixga egaligi sababli, mintaqa davlatlari iqtisodi- yoti uchun an’anaviy hisoblangan

sug‘orma dehqonchilik, ko‘chmanchi chorvachilik, hunarmandchilik kabi tarmoqlar o‘ziga xos an’analarga egaligi bilan ajralib turadi. Misr va Jazoir subregionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra peshqadam davlatlar hisoblanadi.

G‘arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo‘ltiqlari oralig‘ida joy- lashgan bo‘lib, hududi tropik cho‘llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni ji- hatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarki- bi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi.

Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yer- da qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv bel- gilaydi. Plantatsiya xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan subregion davlatlari, asosan, texnik ekinlar yetishtirishga ixtisoslashgan. Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinla- rining (yeryong‘oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sa- noat tarmog‘i hisoblanadi. Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qa- lay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G‘arbiy Afrikaning iqti- sodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling