Geografiya 10 sinf 2017. indd


Geoekologik muammolarni yechimining ilmiy asoslari


Download 1.04 Mb.
bet95/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Geoekologik muammolarni yechimining ilmiy asoslari. Ushbu muammolarning yechimi tizimli tahlilga bog‘liq. Tizimli tahlil natijasi- da muammoning asosiy xususiyatlari, ko‘lami, rivojlanish bosqichlari, yo‘nalishlari, sabablari va omillari, oqibatlari va boshqalar ayon bo‘la- di. Geoekologik muammolarni tadqiq etishda asosan hududiy, geotizim- li va ekologik prinsiplar qo‘llaniladi.

Hududiy prinsipni qo‘llash, muammoning hududiy miqyosini aniqlash- ga, uning rivojlanish chegaralarini, tarqalish arealini ajratishga imkon beradi. Mazkur prinsip hudud yaxlitligi, uning boshqa hududlar bilan aloqasi, o‘zaro bog‘liqlik va ta’sirda bo‘lishini bilishga imkon beradi.

Geotizimli prinsip geoekologik muammoni o‘rganish uchun geografik asos hisoblanadi, chunki u hududning tuzilishi to‘g‘risida axborot berish bilan birga uning qanday tabiiy xususiyatlarga, resurslarga ega ekanligi haqida ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Mazkur prinsip geotizim- lar chegaralarining joylashuvini, ularning nisbati, bir-birlariga nisbatan past-balandligi, tarkibiy-dinamik holati haqida ma’lumot beradi. Ush- bu prinsip muammoning ko‘pgina xususiyatlarini baholashda, kelajak- da bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan prognoz qilishda, turli tadbirlar tizimini asoslashda va ularni qo‘llashda, barcha turdagi kartalarni tu- zishda asos bo‘ladi.

Ekologik prinsipning qo‘llanilishi tirik organizmlar, jumladan inson- ning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalari, ta’siri va munosabatda bo‘li- shi nazarda tutilganligi bilan bog‘liq. Ekologik muammoning mantiqiy ma’nosi ham aslida tirik organizm bilan jonsiz tabiat orasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarning buzilishidan iboratdir. Ushbu munosabatning ziddiyatlashuvi muayyan geotizimlarda ro‘y berib, hududiy xususiyat- ga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham mazkur muammoni geoekologik muammo sifatida tadqiq etish zarur.

Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda, avvalo, dastlabki ta- biiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Tabiiy muvozanat (ekologik muvozanat)ni qayta tiklash – tabiiy komponentlar va geotizim- lar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik va harakatni dastlabki holati- ga yaqinlashtirishdir, lekin uni asl holiga qaytarib bo‘lmaydi. Buzilgan tabiiy muvozanatni qayta tiklash tadbirlarida aholining yashash sharoi-

ti va sog‘ligini ham avvalgi holatiga olib kelish lozim. Masalan: Orol va Orolbo‘yi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan regional geoekologik muammo bo‘lib, ularning yechimi o‘zaro bog‘liq kompleks tadbirlar- ni baravariga qo‘llagan holdagina hal qilish mumkin. Bunda, eng bi- rinchi navbatda, tashqaridan kelayotgan suvning toza va miqdorining ko‘p bo‘lishiga erishish lozim. Chunki, muammoni tezlatuvchi kuch qurg‘oqchil iqlim sharoitida cho‘llashish hodisasidir.

Lokal geoekologik muammolar yechimi eng sodda muammolar bo‘lib, ularni bartaraf etishda, eng avvalo, geoekologik muammo- li hududning tabiiy geografik sharoiti va tabiiy qonuniyatlari chuqur o‘rganilishi lozim. Har bir geotizimning xususiyatlariga mos xo‘jalik tarmoqlari va tabiatdan foydalanish chora-tadbirlarini qo‘llash orqali bunday muammolarning oldi olinadi. Masalan, yerlardan sug‘orma deh- qonchilikda foydalanilishda har bir geotizimning xususiyati o‘rganilib, so‘ngra shunga mos ekin turlari, sug‘orish usuli va me’yorlari, agrotex- nika tadbirlarini qo‘llash, ya’ni tabiat bilan munosabatda uning qonun- larini buzmaslik kutilgan natijalarga erishish kafolatidir.



Geoekologik muammo, global geoekologik muammolar, regional geoekologik muammolar, lokal geoekologik muammolar.

    1. Geoekologik muammo deb nimaga aytiladi?

    2. Geoekologik muammolrning qanaqa turlarini bilasiz?

    3. O‘zingiz yashab turgan joydagi mahalliy geoekologik muammolarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini tavsiflab yozing.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling