Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet94/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Geoekologik muammolarning turlari. Geoekologik muammo qotib qolgan, o‘zgarmas holat bo‘lmay, balki muntazam ravishda o‘zgaruv- chi va rivojlanuvchi, ko‘p sonli oddiy muammolar tizimidir. Geo- ekologik muammolarni bir qancha ko‘rsatkichlar (xo‘jalik sohalari bilan bog‘liq, egallagan maydoni bo‘yicha, oqibatiga ko‘ra, kelib chiqish omillari) bo‘yicha tasniflash mumkin, lekin yuqorida ta’kid- laganimizdek, geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib shakllanadi. Shu sababli, bunday muammolar tarqalgan maydoni

bo‘yicha – sayyoraviy, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi.

Sayyoraviy geoekologik muammolar – butun geografik qobiq doirasida ro‘y beradigan va Yer yuzining barcha qismlariga ta’sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Bularga “Issiqxona samarasi” va iqlim isishi, “Ozon tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi va suvining ifloslanishi, cho‘llashish va h.k. kiradi. Bunday geoekologik muammolarni bartaraf etish uchun barcha davlatlar birlashib, yagona dastur asosida harakat qilishlari lozim. Yer yuzidagi barcha mamlakatlar o‘z hududidagi lokal va regional muammolarni hal etish orqaligina global geoekologik muammolarning yechimini topishlari mumkin.

Regional geoekologik muammolar – egallagan maydoniga ko‘ra global geoekologik muammolardan kichikroq bo‘lib, ko‘pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo‘ladi. Regional geoekologik muammolar regional miqyosdagi geotizimlarni band etib, butun Yer yuzi uchun xavf solmasligi mumkin, ammo ularning soni tobora ortib bormoqda. Ushbu muammolar ayrim hududlargagina tegishli bo‘lishiga qaramay, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari nihoyatda xavfli va salmoqli, ularni o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etmaslik kelajakda keng miqyosdagi og‘ir ekologik kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Regional geoekologik muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va murakkab toifadagi geoekologik muammolarga bo‘linadi. Bir turdagi hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – oddiy toifadagi, bir necha geoekologik hodisa va jarayonlardan iborat bo‘lsa – murakkab toifadagi geoekologik muammolar deyiladi. Murakkab geoekologik hodisalarning yechimi ham murakkab bo‘lib, ko‘p vaqt talab qiladi. U tobora murakkablashish va yangi hududlarni egallash yo‘nalishida rivojlanadi. Oddiy geoekologik muammolar ham makonda va vaqt mobaynida o‘ta murakkablashuvi oqibatida murakkab tusga aylanishi mumkin.



Orol va Orolbo‘yi muammosi O‘zbekiston va qo‘shni respublikalar hududida joylashgan regional geoekologik muammodir. Shu sababli mazkur muammoni bartaraf etishda Orol havzasidagi barcha qo‘shni respublikalar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishlari lozim (29-rasm).

Lokal (mahalliy) geoekologik muammolar – regional geoekologik muammolarga nisbatan kichikroq maydonlarni egallab, bir yoki ikki


  1. rasm. Orol dengizining 2000–2016-yillarda o‘zgarib borishi

mamlakat hududida joylashgan ma’lum geotizim doirasida yuzaga kelgan muammolardir. Bunday geoekologik muammolar inson xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy resurslardan intensiv foydalanish va bu jarayonda tabiat qonuniyatlarini hisobga olmaslik, aholining bir joyda o‘ta zich to‘planishi va boshqa sabablar tufayli kelib chiqadi. Yer yuzasining namgarchilik hududlarida botqoqliklarning quritilishi, qurg‘oqchil mintaqalarda sun’iy sug‘orish, suvomborlar barpo etish, yaylov chorvachiligini rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalarining qurilishi kabi jarayonlardagi ayrim xatoliklar hamda insonning ba’zi pala-partish faoliyati lokal geoekologik muammolar yuzaga kelishiga va keng miqyosda tarqalishiga sabab bo‘ladi.

O‘zbekistondagi lokal geoekologik muammolarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularning har taraflama kompleks tahlili va kelib chiqishi sababiga ko‘ra quyidagi genetik guruhlarini ajratish mumkin: 1) atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog‘liq muammolar – yirik shaharlar va sanoatlashgan hududlarda; 2) suvdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar – zovur suvlarining ko‘llarda to‘planishi, chuchuk suvlarning yetishmasligi, chuchuk suv havzalarining ifloslanishi va h.k.; 3) yerdan intensiv foydalanish bilan bog‘liq muammolar – eroziya, sho‘rlashish, yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi; 4) geotizimlarga texnogen ta’sir bilan bog‘liq muammolar – konchilik sanoati chiqindilarining to‘planishi, geotizimning buzilishi, og‘ir texnikaning yaylovlarni payhon qilishi va h.k.; 5) chorvaning intensiv boqilishi va buta-daraxtlarni kesish bilan

bog‘liq muammolar; 6) rekreatsiya obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolar; 7) zaharli kimyoviy moddalarning tabiiy muhitni ifloslashi bilan bog‘liq muammolar va h.k.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling