Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet98/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Chorvachilik qishloq xo‘jaligining chorva mollarini ko‘paytirish bilan shug‘ul- lanadigan tarmog‘i.

Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma.

Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanadigan muhim tarmog‘i.

Doimiy migratsiya – aholining biron hududga doimiy ravishda ko‘chib ketishi.

Ekologik ekspertiza – inson faoliyatining geografik muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baholash.

Ekologik monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi.

Endemik (yunoncha endemos – mahalliy, tubjoy) – o‘simlik va hayvonlarning uncha keng tarqalmagan, nisbatan kichik, chegaralangan arealda yashaydigan tur, urug‘, oila yoki boshqa taksonomik birliklari.

Fatsiya – tog‘ jinslarning litologik tarkibi bir xil, relyef tuzilishi, namlanishi bir xil, mikroiqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi bir xil, ya’ni uni hosil qiluvchi komponentlariga xos bo‘lgan belgilari bir xilligi bilan tavsiflanadigan eng oddiy tuzilgan va eng kichik geotizim.

Galaktika (yunoncha galaktikos-sutrang) – yulduzlar gravitatsiya kuchlari bi- lan o‘zaro bog‘langan ulkan yulduzlar tizimi. Galaktikalar o‘lchami, yulduzlar soni,

shakli bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shunga ko‘ra ularning ellipssimon, spiralsi- mon va noto‘g‘ri turlari ajratiladi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling