Geografik baholash – tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash.
Geografik ekspertiza – loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish kelmasligini aniqlash.
Geografik o‘rin – Yer yuzidagi biror bir obyektning o‘zi bilan aloqador boshqa obyektlarga nisbatan tutgan o‘rni.
Geografik prognoz – tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berish.
Geoid (yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, “Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va mu- vozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Geyzer (islandcha geyzir - otilmoq) – vaqti-vaqti bilan favvoraga o‘xshab otilib turadigan issiq buloqlar. Geyzerlar asosan harakatdagi vulqonlar bor o‘lkalarda ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |