Geografiya 10 sinf 2017. indd


Download 1.04 Mb.
bet101/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#245139
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
10-sinf Geografiya-WORD

Marjon orollari marjon hayvonlari, suvo‘tlar va boshqa organizmlar qoldiqlari yig‘ilishidan vujudga kelgan orollar. Hozirgi zamon marjon orollari ekvatorial va tropik o‘lkalardan boshqa yerlarda uchramaydi. Faqat Golfstrim iliq oqimi o‘tadi- gan Bagama orollari yaqinidagina tropiklardan tashqarida uchraydi. Marjon orollari joylashgan o‘rni va shakliga qarab qirg‘oq riflari, to‘siq riflari, atollarga bo‘linadi.

Mavsumiy migratsiya – aholining ma’lum davr mobaynida biron hududga ko‘chib ketishi.

Mayatniksimon migratsiya (tebranma migratsiya) aholining o‘qish, ishlash maqsadida bir joydan ikkinchi joyga har kungi yoki har haftalik harakati.

Migratsiya – aholining bir hududdan boshqa hududga doimiy yoki vaqtincha muddatda ko‘chishi.

Orbita (lotincha orbita – iz, yo‘l) – sayyora, uning yo‘ldoshi, sun’iy yo‘ldosh, kometa, asteroid va boshqa osmon jismlarining yo‘li.

Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi eri- may turadi.

Sektorlik quruqlik ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xusu- siyatlarining o‘zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va komplekslarining o‘zgarib borishi.

Sellyuloza-qog‘oz sanoati – sellyuloza, qog‘oz va karton mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmog‘i.

Shahar aglomeratsiyalari – turli kattalikdagi shaharlarning ma’muriy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy aloqalar natijasida birlashuvi.

So‘ngan vulqon tarixiy davr mobaynida otilgani haqida hech qanday ma’lumot- lar bo‘lmagan vulqon. So‘ngan va harakatdagi vulqon tushunchalari nisbiy bo‘lib, ba’zan so‘ngan vulqonlar harakatga kelib yana otilishi mumkin. Harakatdagi vulqon deganimiz esa hech qachon otilmasligi ham mumkin.

Texnik ekinlar mahsuloti sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekin- lar.

To‘qay – daryo bo‘ylaridagi daraxt-buta-o‘t o‘simliklaridan iborat qalin chan- galzor o‘rmon.

Transport (lotincha trans – «orqali» va portare – «tashimoq») iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lib, xalq xo‘jaligi va aholining yuklarga ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab turadi.

Urbanizatsiya shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayoni.

Urochishe – kelib chiqishi va rivojlanishi jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan fatsi- yalardan iborat geotizim. Asosan relyefning mezo shaklida joylashgan bo‘ladi.

Voha – cho‘l va chalacho‘llarda suv chiqarilib obod qilingan yer.

Yаlpi milliy mahsulot (YMM) mamlakatning ma’lum muddat ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri. YMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari jami yig‘indisini ko‘rsatadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling