Yechish: -760-720=40 40:10=4 4 x100=400 m
Javob: Toshkentning dengiz sathidan balandligi 400 m. ekan.
2-topshiriq — Toshkentda havo bosimi simob ustunining 720 mm. ga teng, Chotqol tog'ining balandligi
3000 m. Chotqol tog'ida havo bosimi qanchaligini aniqlang?
Yechish: Har 100 m. balandlikda bosim 10 mm. pasayadi.
3000:10=300
720 - 300=420
Chotqol tog'ida havo bosimi 420 mm.ga teng
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: MUAMMOLI VAZIYAT YECHIMI
Bunda savollar 2 guruh uchun ham alohida-alohida beriladi.
guruh uchun
O'zbekistonda eng issiq ob-havo iyul oyida kuzatiladi, harorat +39°S dan oshishi mumkin. Lekin O'zbekiston baribir jannatmakon diyordir. Xo'sh, siz buni qanday izohlaysiz?
guruh uchun
Tog'larda balandga chiqqan sari har 10 metrda bosim 1 mm simob ustuniga pasayadi, o'ylab ko'ring-chi, bu paytda inson organizmida qanday o'zgarish bo'ladi?
O'quvchilar berilgan muammolarni yakka tartibda, ikkiga bo'linib yoki guruhlarga bo'lingan holda yechishi mumkin.
O'qituvchi belgilangan muammoni yechish usul va yo'nalishlarining eng asosiylarini ko'r-satib, ko'pchilikning fikriga mos kelganlarini baholaydi.
O'quvchi o'qituvchining xulosalarini tinglaydi, yozib oladi. Guruhlar bir-birlariga va o'z-o'zlariga baho qo'yishlari mumkin.
DARSNING YAKUNIY QISMI
O'tilgan mavzu savol-javob orqali o'quvchilarning olgan bilimi yana bir bor nazoratdan o'tkazilib, faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi.
UYGA VAZIFA:
Berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarish, o'tilgan mavzularni o'qib takrorlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |