Yechish: +20°S-(-6)=+2C+6=26
Javob: Yillik havo haroratining amplitudasi 26
°S teng.
HAVO BOSIMi. Havo juda yengilga o'xshaydi, lekin uning ham og'irligi bor. Masalan, dengiz bo'yida 1 m.3 havoning massasi 1 kg. 33 g. Havo qobig'i yer yuzida katta kuch bo'lib, u 1sm.2 yuzaga 1 kg. ga teng bo'lgan og'irlik bilan ta'sir ko'rsatadi. Havoning yer yuzasidagi va undagi barcha narsalarga bergan bosimi havo bosimi deyiladi. Odam tanasidagi ichki bosim, havo bosimi bilan bir xil bo'lganligi uchun bosimni sezmaydi. Yuqori ko'tarilgan sayin bosim kamayib boradi.
Havo bosimini o'lchash uchun ishlatiladigan simobli barometr asosan uzunligi 1 m. va diametri 1sm. bo'lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berkitilgan bo'ladi.
Dengiz bo'yida havo harorati 0° S bo'lsa, barometr naychasidagi simob 760 millimetrni ko'rsatadi. Shunda havo bosimi 760 mm. simob ustuni bosimiga teng bo'ladi.
Bu normal bosim deyiladi. Dengiz bo'yidan balandlikda bo'lsa, har 100 m ko'tarilganda barometrdagi simob 10 mm pasayadi yoki har 10 m. da 1 mm. pasayadi.
Bosimni to'liqroq o'rganish uchun quyidagi topshiriqlarni o'quvchilar bilan birga bajarish foydali.
1 -topshiriq - Toshkentda havo harorati 0° S, simob barometr 720 mm.ni ko'rsatyapti. Tosh-kentning dengiz sathidan balandligi qanchaga teng bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |