Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi
«Urbanizatsiya» va «Delimitatsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring
Download 1.85 Mb.
|
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potsdam va Belovej geosiyosiy bosqichlarining o’ziga xos xususiyatlari. Javob
- Buyurtmaxona” va “Karst” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Javob
«Urbanizatsiya» va «Delimitatsiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.
Javob: Urbanizatsiya (lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayoni. Delimitatsiya (lotincha limitare – chegaralamoq, ajratmoq) – davlat chegaralarining tuzilgan shartnomaga muvofiq tasniflash va xaritalashtirish asosida belgilash. 3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarni ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng yirik? Ushbu davlat poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang. Javob: Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar: Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Pokiston, Hindiston. Maydoni bo’yicha eng kattasi-Rossiya (17075 ming km2); Moskva (Rossiya) shahrining geografik koordinatalari: 55°45' shimoliy kenglik, 37°42' sharqiy uzoqlik. 8-BILETPotsdam va Belovej geosiyosiy bosqichlarining o’ziga xos xususiyatlari. Javob: Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining shakllanishida Vestfal, Vena, Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati katta. 1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan Potsdam shartnomasining imzolanishi bilan to‘rtinchi geosiyosiy davr boshlandi. Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga kelishi: Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlari kontinental, AQSH va uning tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi; ikki qudratli blok o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavf ning yuzaga kelishi mazkur davrdagi asosiy siyosiy jarayon hisoblanadi. 1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan Belovej shartnomasining imzolanishi hozirgi davrda eng so‘nggi geosiyosiy bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Uning o‘rnida 12 ta mustaqil davlatning yuzaga kelishi va ularning MDH tarkibida birlashuvi; jahonda sotsialistik tuzumning yemirilishi; Yevropaning bir qator davlatlarida (GFR, Yugoslaviya, Chexoslavakiya) yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar; NATO harbiy bloki mavqeyining kuchayishi kabilar davrga xos asosiy siyosiy o‘zgarishlar hisoblanadi. Aytib o‘tilganidek, bu davr hali o‘z nihoyasiga yetgan emas. Bundan kelib chiqadiki, Belovej davriga xos bo‘lgan yana bir qator siyosiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. “Buyurtmaxona” va “Karst” atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. Javob: Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Karst deb, suvda yaxshi eriydigan tog‘ jinslarining yer usti va osti suvlari ta’sirida eritilib, oqizib ketilishiga va yerostida turli xil bo‘shliqlar (g‘orlar)ning, yer yuzasida esa o‘pirilmalar va chuqurliklar hosil bo‘lishiga aytiladi. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Sirdaryo daryosi oqib o’tadigan respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining markazi Grinvichdan eng uzoqda joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang. Javob: Respublikamizdagi, Sirdaryo oqib o’tadigan viloyatlar: Namanga, Farg’ona, Toshkent, Sirdaryo. Bular ichida Namangan viloyatining markazi Namangan shahri grinvichdan eng uzoqda joylashgan bo’lib, uning geografik koordinatalari: 41°00' shimoliy kenglik, 71°35' sharqiy uzoqlik Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling