Bal
lar
|
Zilzila kuchi
|
Qisqacha tavsif
|
1
|
Sezilmaydi
|
Faqat seysmik asboblar bilan qayd etiladi.
|
2
|
Juda kuchsiz
|
Ko‘pchilik sezmaydi. Sokin vaziyatdagi odamlargina sezadi.
|
3
|
Kuchsiz
|
Bino ichidagi ayrim odamlar sezadi.
|
4
|
Sezilarli
|
Bino ichidagi odamlarning ko‘pchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi.
|
5
|
Kuchsizroq
|
Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uyg‘onib ketadi.
|
6
|
Kuchli
|
Hamma sezadi. Ko‘pchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, ba’zi buyumlar turgan joyidan tushib ketadi, ba’zi uylarda suvoqlar ko‘chib tushadi.
|
7
|
Juda kuchli
|
Imoratlar shikastlanadi, g‘ishtli devorlar yoriladi. Xomg‘isht va paxsadan qurilgan ba’zi uylar buziladi, tog‘larda ba’zan qoyalar ko‘chadi.
|
8
|
Vayron qiluvchi
|
Imoratlar kuchli shikastlanadi, tog‘larda surilmalar yuz beradi.
|
9
|
O‘ta vayron
|
G‘isht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi,
|
|
qiluvchi
|
yerosti quvurlari
uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha yetadi.
|
10
|
Yakson etuvchi
|
Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo bo‘ladi. To‘g‘on va qirg‘oq
to‘siqlari ishdan chiqadi, temiryo‘llar bukiladi. Yangi ko‘llar paydo bo‘ladi.
|
11
|
Halokatli
|
Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil bo‘ladi, Yer vertikal va gorizontal
yo‘nalishda silkinadi. Tog‘larda qoyalar ag‘dariladi, ko‘prik, to‘g‘on, temiryo‘llar butunlay buziladi.
|
12
|
O‘ta halokatli
|
Yer yuzi qiyofasi, relyef o‘zgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar ag‘dariladi, daryolar o‘zanini o‘zgartiradi.
|