Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Mayatniksimon migratsiya» va «Geografik prognoz» atamalarining mazmun- mohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet17/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2. «Mayatniksimon migratsiya» va «Geografik prognoz» atamalarining mazmun- mohiyatini tushuntiring.
Javob: Mayatniksimon migratsiya (tebranma migratsiya) – aholining o‘qish, ishlash maqsadida bir joydan ikkinchi joyga har kungi yoki har haftalik harakati.
Geografik prognoz – tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o‘zgarishidagi asosiy yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berishga aytiladi. 3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlatlarni ko‘rsating. Ulardan qaysilari to‘laligicha Yevropada joylashgan? Ushbu davlatlar poytaxtlaridan birining geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: MDH ga a’zo davlatlar: Armaniston, Belarussiya, Moldova, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston. Ular ichida yevropa qit’asida to’liq joylashganlari Belarussiya hamda Moldova davlatlaridir. Moldova davlatining poytaxti Kishinyov shahrining geografik koordinatalari: 46°50' shimoliy kenglik, 29°45' sharqiy uzoqlik.

16-BILET


  1. Yevropaning subregionlarga bo‘linishi. Janubiy Yevropa mamlakatlariga qiyosiy-geografik tavsif.

Javob: Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng. Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa Shimoliy Yevropa davlatlari. Janubiy Yevropa mamlakatlari. Janubiy Yevropa siyosiy xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Marino, Malta va
Vatikan “mitti” davlatlari joylashgan. Bu davlatlar iqtisodiy-geografik o‘rni va xo‘jalik rivojlanishi jihatidan uzoq tarixi davomida O‘rta dengiz bilan chambarchas bog‘liqligi sababli Yevropaning O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari deb ham ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin beshigi hisoblanadi, chunki bu qit’adagi eng qadimgi davlatlar – Gretsiya bilan Rim aynan O‘rta dengiz qirg‘oqlarida rivoj topgan. Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‘oq, zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion dengiz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari ichida eng rivojlanganlari – yengil (to‘qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal) va oziq-ovqat (yog‘- moy, konserva, vino) sanoatlari. Italiya va Ispaniya mashinasozlik sanoati, ayniqsa, avtomobilsozlikning rivojlanishi bilan ham ajralib turadilar.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling