Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Urbanizatsiya» va «Texnik ekinlar» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet19/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Urbanizatsiya» va «Texnik ekinlar» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Urbanizatsiya (lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir.
Texnik ekinlar – mahsuloti sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekinlar.

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan Janubiy Osiyo davlatlarini ko‘rsating. Ushbu davlatlardan qaysi birining poytaxti ekvatordan eng uzoqda joylashgan? Ushbu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Janubiy Osiyo davlatlari: Pokiston, Hindiston, Nepal, Butan, Bangladesh. Ular ichida Pokistonning poytaxti Islomobod shahri ekvatordan eng uzoqda joylashgan. Uning koordinatalari: 33°40' shimoliy kenglik, 73°10' sharqiy uzoqlik.

18-BILET


  1. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi. Shanxay hamkolik tashkiloti.

Javob: Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga 1991-yil 8-dekabrda asos solingan bo‘lib, o‘z faoliyatini o‘sha yilning 21-dekabrida boshlagan. Hamdo‘stlik nizomiga ko‘ra a’zo davlatlar inson huquqlari va erkinligini ta’minlash, davlatlar tashqi siyosatini nazorat qilish, iqtisodiy hamkorlik, transport va aloqa tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, ijtimoiy va migratsion siyosat masalalarini hal etish; uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalarini hamkorlikda hal qilishlari zarur. Hozirgi kunda Rossiya
Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova,
Ozarbayjon, Armaniston Res publikalari tashkilot a’zolari bo‘lib hisoblanadilar. Turkmaniston esa assotsi atsiyalashgan davlat maqomiga ega. Shu bilan birga Mongoliya, Afg‘oniston tashkilot kuzatuvchilari sifatida turli darajadagi yig‘ilishlarda ishtirok etadi. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ning shakllanishi 1996-yil 26-aprelda Xitoy ning Shanxay shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, XXR va Tojikiston harbiy sohada hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolashi bilan bog‘liq. Avvaliga “Shanxay beshligi” deb nom olgan ushbu tashkilot 2001-yil O‘zbekistonning unga a’zo bo‘lgandan so‘ng hozirgi rasmiy nomdagi tashkilot tuzilganligi haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi. 2017- yil Hindiston va Pokiston ushbu tashkilotning teng huquqli a’zolariga aylandilar. Shu bilan birga 6 ta muloqot hamkor davlatlar, 4 ta kuzatuvchi va 2 ta nomzod davlatlar ham ishtirok etadi. A’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni ta’minlash, mintaqada tinchlikni saqlash, xavfsizlik masalalarini o‘zaro hamkorlikda hal qilish, terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda harakat qilish, qurol-yarog‘, narkotik vositalar hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, iqtisodiy masalalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish kabilar tashkilotning asosiy maqsadi hisoblanadi. Hozirgi kunda tashkilot tarkibida jahonning qudratli davlatlaridan uchtasi – Rossiya, Xitoy, Hindistonning faoliyat olib borishi uning jahondagi mavqeyi oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling