Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Geoid» va «Surilma» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet27/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Geoid» va «Surilma» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Geoid (yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, “Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va muvozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Surilma deb, tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘ir bo‘ylab pastga surilib tushishiga aytiladi. Surilmalar, asosan, tog‘li o‘lkalarda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha suvli va suv o‘tkazmaydigan gilli qatlamlar ustma-ust joylashgan tik yonbag‘irlarda ro‘y beradi. Surilmalar ham sellar kabi xo‘jalikka juda katta moddiy zarar yetkazadi. Yonbag‘irlar tuproq va o‘simliklarini olib ketib, yo‘l va inshootlarni ko‘mib yuboradi. Surilmaning oldini olish uchun yonbag‘irlarda suvli qatlamga tushadigan suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga oshiriladi.

  1. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Turkmanistonga chegaradosh bo‘lgan respublikamizning hududlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng kichik? Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Respublikamizning Turkmanistonga chegaradosh bo’lgan ma’muriy hududlari: Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlari. Ular ichida maydoni jihatdan eng kichigi-Xorazm viloyati bo’lib, ma’muriy markazi Urganch shahrining geografik kordinatalari: 41°30' shimoliy kenglik, 60°40' sharqiy uzoqlik.

25-BILET


  1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ularning turlari.

Javob: Alohida muhofaza etiladigan hududlar – tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yer va suv (akvatoriya) maydonlari hisoblanadi. Ularga milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari, buyurtmaxonalar kiradi. Milliy bog‘ – alohida muhofaza etiladigan hududlarning eng yirik shakli bo‘lib, ilmiy, madaniy, estetik yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat komplekslarini, nodir tabiat obyektlari, xushmanzara landshaftlarini saqlash uchun tashkil qilinadi va tabiatni muhofaza qilishning maxsus rejimi bilan saqlanadi. Milliy bog‘lar xorijiy mamlakatlarda hududlarni muhofaza qilishning asosiy shaklidir. «Milliy» so‘zi mazkur hududning xususiy mulk emas, balki butun millatga qarashli ekanligini bildiradi va muhofaza tadbirlari davlat tomonidan amalga oshi riladi. Respublikamizda 3 ta milliy bog‘ mavjud. Bular: Ugom–Chotqol va Zomin davlat milliy tabiat bog‘lari hamda Do‘rmon tabiat bog‘i. Qo‘riqxona – har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. Qo‘riqxona tabiatni muhofaza qilishning eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan hududlar orasida qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – tabiati o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish umuman ta’qiqlanadi. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha saqlanadi. Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Biosfera rezervati (lot. rezervo – saqlayman) – biologik xilma-xillik ni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy. Respublikamizda Quyi Amudaryo biosfera rezervati tashkil etilgan. Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling