Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Globallashuv» va «Demografik siyosat» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet12/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Globallashuv» va «Demografik siyosat» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Globalal shahar - aholi soni bir necha million kishiga teng bo‘lib, yirik transmilliy korporatsiyalar va xalqaro tashkilotlar qarorgohlari, dunyodagi eng yirik port, sanoat korxonalari, bank, moliyaviy jamg‘arma va birjalar joylashgan shahar. Global shaharlar qatoriga, eng avvalo, Nyu-York, London, Tokio, Shanxay, Gonkong, Parij, Dubay, Singapur kabi savdo-moliyaviy va transport salohiyati o‘ta katta shaharlar kiritiladi.
Demografik siyosat - davlat tomonidan demografik vaziyatni o‘zgartirish maqsadida amalga oshiriladigan maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralari tizimi. Demografik siyosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi.

  1. Dunyoning siyosiy xaritasidan Kaspiy dengizini ko‘rsating. Uning sohilida qaysi poytaxt shahar joylashgan? Uning geografik koordinatalarini aniqlang. Javob: Kaspiy dengizi sohilida Ozarbayjon davlatining poytaxti Boku shahri joylashgan bo’lib uning geografik koordinatalari: 40°22' shimoliy kenglik, 49°53' sharqiy uzoqlik.

12-BILET


  1. Insoniyatning global muammolari haqida umumiy tushuncha. Tinchlik va xavfsizlikni saqlash muammosi.

Javob: Dunyoning turli mintaqalarida urush va harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda. Harbiy harakatlar va fuqarolik urushlari tufayli ayrim davlatlar gumanitar falokat vaziyatiga kelib qoldi. Bunga Suriya, Iroq, Liviya, Somali, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va boshqa davlatlarni misol tariqasida keltirilishi mumkin. Sanoat va fan-texnika inqilobi davrida insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb ahamiyatli, ta’sir doirasi jahon hamjamiyatini qamrab olgan, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab berayotgan muammolar vujudga keldi. Bu muammolar insoniyatning global muam molari deb ataladi hamda ularning yechimini topish yo‘lida barcha dav latlarning kuch-qudrati, imkoniyat-harakatlari jamlanishi maqsadga mu vofiq. Global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; ekologik muammo; rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; demografik muammo (rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va rivojlangan mamlakatlardagi demografik inqiroz); oziq-ovqat muammosi, energetika muammosi, xomashyo resurslari muammosi, Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi; millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi. Bundan tashqari, boshqa bir guruh muammolar ham ayrim adabiyotlarda global muammolar toifasiga kiritiladi, masalan, favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish va oldini olish muammosi, koinotni o‘zlashtirish va fazoviy ekologiya muammosi yoki ma’naviy qadriyatlar inqirozi muammosi. Global muammolardan tinchlikni saqlash va qurolsizlanish muammosi eng universal ahamiyatga ega, chunki bu muammo hal etilmasa, Yer yuzida hayot va sivilizatsiyaning kelajagi o‘ta achinarli ahvolga kelishi muqarrar.
Insoniyat tarixida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 14 mingdan ortiq urushlar ro‘y bergan va, ming afsuski, harbiy mojaro va ziddiyatlar sayyoramizning turli hududlarida hanuzgacha yuz bermoqda. Lekin, global darajada bu muammo jami 70 milliondan ziyod kishi qurbon bo‘lgan ikkita jahon urush bo‘lib o‘tgan XX asrda keskinlashdi. Urushdan keyingi davrda esa kapitalistik va sotsialistik davlatlar, ayniqsa, AQSH va Ittifoq o‘rtasidagi o‘tkir qarama-qarshiliklar sharoitida “qurol poygasi” keskinlashib ketdi. Hozirgi vaqtda AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston va Pokiston jahon hamjamiyatining rasman tan olingan yadroviy qurolga ega davlatlari hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy yadroviy maqomga ega bo‘lmagan KXDR ham bu turdagi qurolga ega ekani barchaga ma’lum.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling