Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


«Glyatsiologiya» va «Geyzer» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring


Download 1.85 Mb.
bet20/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

«Glyatsiologiya» va «Geyzer» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.

Javob: Glyatsiologiya – qor va muzliklarni o’rganadigan geografiya fanining bir tarmog’i.
Geyzer (islandcha geyzir - otilmoq) – vaqti-vaqti bilan favvoraga o‘xshab otilib turadigan issiq buloqlar. Geyzerlar asosan harakatdagi vulqonlar bor o‘lkalarda ko‘p uchraydi.

  1. O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Zarafshon daryosi oqib o’tadigan respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining markazi respublikamiz poytaxtiga eng yaqin masofada joylashgan? Bu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang.

Javob: Zarafshon daryosi respublikamizning Samarqand, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridan oqib o’tadi. Bular ichida Samarqand viloyatining markazi Samarqand shahri mamlakatimiz poytaxtiga eng yaqin masofada joylashgan bo’lib, uning geografik koordinatalari: 39°37' shimoliy kenglik, 66°55' sharqiy uzoqlik

19-BILET


  1. Balandlik mintaqalanishi qonuniyati, uning sabablari.

Javob: Balandlik mintaqalanishi – tog‘larning etagidan suvayirg‘ich tomon tabiatning qonuniy o‘zgarib borishi. Balandlik mintaqalari tekisliklardagi tabiat zonalariga o‘xshash, lekin aynan o‘zi emas. Ularning shakllanishiga yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati va bosimining pasayishi, quyosh radiatsiyasining kuchayishi, suv bug‘lari kondensatsiyasi sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Yog‘inlar ma’lum balandlikkacha ko‘payib, so‘ng kamayadi. Shunga bog‘liq holda tuproqlar, o‘simlik va hayvonot olami, umuman, geotizimlar o‘zgarib boradi. Balandlik mintaqalanishi kenglik zonalligi (tabiat zonalari) bilan chambarchas bog‘liq. Balandlik mintaqasi tog‘ning etagi qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi.

  1. «Ichki migratsiya» va «Tibbiy geografiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.

Javob: Ichki migratsiya – bir davlat ichidagi boshqa hududga ko‘chish hisoblanadi. U, o‘z navbatida, rayon ichidagi va rayonlararo migratsiyalarga bo‘linadi.
Tibbiy geografiya turli hududlarda yashovchi aholining salomatligi va kasallanishi, unga ta’sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillarni o‘rganadi.


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling