Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi


Dunyoning siyosiy xaritasidan Shimoliy Yevropa davlatlarini ko‘rsating. U davlatlar poytaxtlaridan birining geografik koordinatalarini aniqlang


Download 1.85 Mb.
bet21/33
Sana07.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1244902
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

Dunyoning siyosiy xaritasidan Shimoliy Yevropa davlatlarini ko‘rsating. U davlatlar poytaxtlaridan birining geografik koordinatalarini aniqlang.

Shimoliy Yevropa davlatlari: Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Islandiya, Daniya, Estoniya, Litva, Latviya. Islandiya poytaxti-Reykyavik shahrining geogarfik koordinatalari: 64°00' shimoliy kenglik, 21°55' g’arbiy uzoqlik.

20-BILET


1. Lotin Amerikasi: geografik o‘rni, siyosiy xaritasi va aholisi.
Javob: Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi –
Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi. Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orol larda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerika ning Meksikadan boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari deb ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy
Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy Amerika materigida esa 12 ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya Gvianasi) joylashgan. Janubiy
Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir. Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017yil holatiga, jami 650 millionga yaqin aholi yashaydi, va bu Yer shari aholisining 8,5 foizini tashkil qilmoqda. O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘pa yishi “demografik portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va u ning jahon aholisi tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin Amerikasi mamlakatlari tug‘ilishda rajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsifl anadigan demografik o‘tish ning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa geografik o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan ajralib turibdi. Aholi soni jihatidan mintaqada Braziliya (206 mln, 2016-y., jahon bo‘yicha 5-o‘rin) va Meksika (121 mln, 2015-y., jahon bo‘yicha 11-o‘rin) yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya, Argentina, Venesuela va Peru kabi mamlakatlarning aholisi soni 20–50 mln kishi oralig‘ida. Shu vaqtning o‘zida, VestIndiyadagi ayrim “mitti” orol dav latlarida aholi soni 0,5 mln kishiga ham yetmaydi


  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling