«Galaktika» va «Geoxronologiya» atamalarining mazmunmohiyatini tushuntiring.
Javob: Galaktika (yunoncha galaktikos-sutrang) – yulduzlar gravitatsiya kuchlari bilan o‘zaro bog‘langan ulkan yulduzlar tizimi. Galaktikalar o‘lchami, yulduzlar soni, shakli bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shunga ko‘ra ularning ellipssimon, spiralsimon va noto‘g‘ri turlari ajratiladi.
Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa, tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi.
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan Qirg‘izistonga chegaradosh bo‘lgan respublikamizning viloyatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining maydoni eng kichik? Bu viloyat markazining geografik koordinatalarini aniqlang.
Javob: Respublikamizning Qirg’izistonga chegaradosh viloyatlari: Toshkent, Namangan, Andijon, Farg’ona. Ularning ichida maydoniga ko’ra eng yirigi-Toshkent viloyati bo’lib, markazi Toshkent shahrining geografik koordinatalari: 41°00' shimoliy kenglik, 69°00' sharqiy uzoqlik.
23-BILET
1. Antropogen landshaftlar va ularning tasniflanishi.
Javob: Yer yuzida inson paydo bo‘libdiki, to‘xtovsiz ravishda tabiatga ta’sir ko‘rsatib, undan foydalanish va o‘ziga qulay qilish maqsadida o‘zgartirib kelmoqda. Insonning xo‘jalikdagi faoliyati ta’siri antropogen ta’sir deyilib, uning oqibatida geotizimlarning o‘zgarish darajasi, miqyosi va jadalligi turlicha bo‘ladi. Bu bir tomondan geotizimlarning o‘ziga xos tabiiy xususiyati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan insonning geotizimga ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir. Olimlar tomonidan antropogen landshaftlarning quyidagi turlari ajratiladi. F. N. Milkov inson faoliyatining turi va landshaftlarda qay darajada aks etganini hisobga olib, barcha antropogen landshaftlarni 8 xil landshaft sinf ga ajratadi. Landshaft sinfl ari turlarga bo‘linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |