Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi
«Demografik siyosat» va «Mikroiqtisodiy geografik o’rin» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring
Download 1.85 Mb.
|
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okeaniya davlatlarining tabiiy resurslari, aholisi va xalqaro ixtisoslashuvi. Javob
«Demografik siyosat» va «Mikroiqtisodiy geografik o’rin» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Javob: Demografik siyosat – davlat tomonidan geografik vaziyatni o‘zgartirish maqsadida amalga oshiriladigan maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralari tizimi. Geografik siyosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi. Mikroiqtisodiy geografik o‘rn – hududning o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga nisbatan tutgan o‘rni. Dunyoning siyosiy xaritasidan Lotin Amerikasining to‘laligicha ekvatordan janubda joylashgan davlatlarini ko‘rsating. Ushbu davlatlarning poytaxtlaridan qaysi birida Quyosh qolganlariga nisbatan so‘ngra botadi? Ushbu shaharning geografik koordinatalarini aniqlang. Javob: Lotin Amerikasining to’laligicha ekvatordan janubda joylashgan davlatlari: Peru, Chili, Boliviya, Paragvay, Argentina, Urugvay. Ular ichida Peru davlatining poytaxti Lima shahrida quyosh boshqa poytaxt shaharlarga nisbatan so’ngra botadi. Uning geografik koordinatalari: 12o06' janubiy kenglik, 77o03' g’arbiy uzoqlik 24-BILETOkeaniya davlatlarining tabiiy resurslari, aholisi va xalqaro ixtisoslashuvi. Javob: Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln km² ni tashkil etadi. Mintaqa Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (PapuaYangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temirmarganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi. Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi. Dengiz biologik resurslariga ega bo‘lgan mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligida baliqchilik sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qay ta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm rivojlanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling