Geografiya onlayn test 1–variant


Download 145.61 Kb.
bet6/6
Sana04.11.2020
Hajmi145.61 Kb.
#140759
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Online test


21-variant

1. Zarafshon tabiiy geografik o’lkasining g’arbida yiliga necha mm yog'in tushadi?

A) 114 -177 B) 135 -205 C) 250 - 305 D) 200 - 270

2. Turkiya, Gruziya va Eron davlatlari iqtisodiyotida sanoatning qaysi tarmog'i katta o'rin tutadi?

A) yengil B) kimyo C) metallurgiya D) mashinasozlik

3. Kongo daryosining Lukuga irmog'i qaysi ko'ldan boshlanadi?

A) Rudolf B) Viktoriya C) Tanganika D) Nyasa

4. Chirchiq - Ohangaron o'lkasining sharqiy chekkasidagi Qirg'iziston bilan chegarasi qaysi tog'lar orqali o'tadi?

1) Ugom; 2) Qurama; 3) Qorjontov; 4) Piskom; 5) Chandalish; 6) Chotqol, 7) Ko'ksuv; 8) Talas.

A) 4,6,8 B) 2, 5,7 C) 1, 3, 4 D) 1, 4, 6

5. Hududiy konsentratsiyalashish omili qanday ma'noni anglatadi?

A) ishlab chiqarishning ma'lum bir joyda to'planishi

B) ishlab chiqarishning biron hudud bo'yicha rivojlanishi

C) sanoat tarmoqlarining hudud bo'yicha rivojlanishi va kengayishi

D) ishlab chiqarish sohalarining turlicha tarkib topishi, rivojlanishi

6. Dunyodagi eng baland binolardan biri «Siers Tauer» binosi qaysi shaharda qurilgan?

A) Jakartada B) Osloda C)Tokioda D) Chikagoda

7. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ma'muriy- hududiy tuzilmada odatda nechta pog'ona ajratiladi?

A) 4 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 3 ta

8. Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig'i necha kilometr masofaga cho'zilgan?

A) 6 000 B) 6 500 C) 7 500 D) 7 000

9. Mamlakatimizda elektrlashtirilgan temiryo'llarning uzunligi necha kilometrga yetdi?

A) 750 B) 900 C) 800 D) 670

10. Temir buyumlar zanglamasligi uchun qanday metall bilan sirlanadi?

A) volfram B) titan C) mis D) rux

11. Qaysi javobda suvni o'tkazuvchi jins berilgan?

A) gil B) ohaktosh C) qumtosh D) shag'al

12. And tog'larining necha metr balandliklarida baland tog' o'rmonlari tabiat mintaqasi tarkib topgan?

A) 3 000 B) 2 000 C) 4 000 D) 1 000

13. O'zbekiston hududi bo'yicha tuproqlari eng kam eroziyaga uchragan va eng ko'p sho'rlangan hududlarni aniqlang (sug'oriladigan maydonlarlarga nisbatan foizda)?

A) Farg'ona B) Navoiy C) Xorazm D) Qoraqalpog'iston Respublikasi

14. Quyosh sistemasi jismlari koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalaming birikishidan hosil bo'lgan degan fikrni dastlab kim aytgan?

A) Struve B) A. Beruniy C) R. Dekart D) A. Vegener

15. Abraziya natijasida okean va dengiz qirg'oqlarida qanday relyef shakllari hosil bo'ladi?

A) jarlik B) tog'lik C) tekislik D) tik qoyalar

16. Buxoro viloyatinirig Qandim, Oqqum va Porsonko'l hududlarida qanday konlarning katta zahiralari ochilgan?

A) marmar, chinni, kvars qumlari B) volfram, molibden C) neft va tabiiy gaz D) grafit, gips, ohaktosh

17. Yaponiya umumiy maydonining 11% ini qanday yerlar tashkil qiladi?

A) donli ekinlar ekiladigan yerlar B) kam foydalaniiadigan va foydalanilmaydigan yerlar

C) o'rmonlar D) ishlov beriladigan yerlar

18. Lalmikor, Ko'kaydi, Xovdog' neft va gaz konlari qaysi tabiiy geografik o'lka hududida joylashgan?

A) Surxondaryo B) Ustyurt C) Qashqadaryo D) Farg'ona

19. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha jahonda qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?

A) Rossiya B) AQSh C) Xitoy D) Yaponiya

20. 2012-yil ma'lumotiga ko'ra, qaysi mintaqada o'rtacha umr davri ayollarda 73 yoshni tashkil etgan?

A) O'rta va Janubiy Osiyo B) Janubiy Amerika C) Sharqiy Osiyo D) Janubi-sharqiy Osiyo

21. Avstraliyaning to'qimachilik korxonalari joylashgan shaharlarini aniqlang.

A) Nyukasl, Brisben B) Adelaida, Albani C) Xobart, Gladston D) Kanberra,Risdon

22. Quyidagi nomli masshtablar sonli masshtabga to'g'ri aylantirilgan javobni belgilang.

1 sm da 7 km; 1 sm da 50 km; 1 sm da 300 km.

A) 1:7 000; 1:50 000; 1:300 000 B) 1:70 000; 1:500 000; 1:3 000 000

C) 1:7 000 000; 1:50 000 000; 1:300 000 000 D) 1:700 000; 1:5 000 000; 1:30 000 000

23. Buxoro - Navoiy iqtisodiy rayonida nechta yengil sanoat korxonalari bor?

A) 40 ga yaqin B) 35 dan ortiq C) 50 ga yaqin D) 65 dan ortiq

24 Zarafshon vodiysining toraygan qismida qaysi yo’lak joylashgan?

A) Qoradaryo B) Samarqand C) Xazar D) Buxoro

25. Hindistonning neftni qayta ishlash zavodlarini belgilang.

A) Sindr, Barauni B) Xardvar, Chittaranjan C) Maduray, Chennay D) Ranchi, Bxilai

26.Quyidagilardan qaysi biri oqmas ko'l?

A) Tanganika B) Baykal C) Rudolf D) Nyasa

27. Avstraliyaning qaysi qismlarida yog'ingarchilik juda kam bo'ladi?

A) Markaziy va Janubiy B) Sharqiy va Janubiy C) Shimoliy va G'arbiy D) Markaziy va G'arbiy

28. 1466 - 1472-yillarda kim Sokotra oroli bo'ytab ekspeditsiya olib borgan?

A) A. Gumboit B) N. Prjevalskiy C) A. Nikitin D) M. Polo

29.Toroslar, bu —....

A) baland bo'yli suv o'tlari B) tosh uyumlari C) qalashib ketgan muzlar D) baliqlarning bir turi

30. O'rta Osiyo hududining eng sharqiy nuqtasi... da joylashgan.

A) 85,6" shq.u B) 65,3 shq.u C) 36 shq.u D) 50,3 shq.u

31. Asosiy gaz quvurlari tizimi qaysi davlatlarda tashkil topgan?

A) Germaniya, Gambiya B) Liberiya, Eritreya C) Kanada, Niderlandiya D) Ukraina, Lesoto

32. Vazifasiga ko'ra qanday atlaslarda shu joyning tabiiy sharoiti, aholisi va madaniyati ko'rsatiladi?

A) o'lkashunoslik B) ilmiy C) o'quv D) sayohat va yo'llar

33. Qaysi javobda Hind okeaniga tegishli bo'lgan dengiz nomi keltirilgan?

A) Skotia B) Fiji C) Ueddell D) Deyvis

34. Rossiyaning uchta muhim qora metallurgiya markazlarirri belgilang.

A) Krasnoyarsk, Achinsk, Bratsk B) G'arbiy Sibir, Ural, Markaziy qoratuproq

C) Zabaykalye, Uzoq Sharq, Primorye D)Volgograd, Kaminsk, Shimoliy Kavkaz

35. Jizzax viloyatiga yoqilg'i- energetika qaysi viloyatlardan keltiriladi?

A) Farg'ona, Navoiy B) Samarqand, Qashqadaryo C) Qashqadaryo, Buxoro D) Buxoro, Sirdaryo

36. Urbanizatsiya darajasi juda past bo'lgan mamlakatlar qatorini ko'rsating.

A) Quvayt, Qatar B) Urugvay, Kambodja C) Argentina, Niger D) Shri-Lanka, Keniya

…………………………………………………………………………………………..



22-variant

1. Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig'i necha kilometr masofaga cho'zilgan?

A) 6 000 B) 6 500 C) 7 000 D) 7 500

2. Quyidagi qaysi davlatda xristianlik asosiy din hisoblanadi?

A) Kipr B) Suriya C) Livan D) Hindiston

3. Nigeriya bilan ehegaradosh bo'lgan davlatlarni belgilang.

1) Benin; 2) Niger; 3) Gabon; 4) MAR; 5) Togo; 6) Kamerun; 7) Chad; 8) Burkina-Faso.

A) 2, 3,4, 5 B) 1,4, 7, 8 C) 1,2, 6, 7 D) 2, 4, 6, 7

4. Ko'mir qazib chiqarishda oldingi o'rinlarda turuvchi davlatlarni belgilang.

A) JAR, Braziliya B) Kanada, Fransiya C) Norvegiya, Eron D) AQSh, Avstraliya

5. Hozirgi kunda qaysi okean transportdagi ahamiyati jihatdan birinchi o'rinni egallaydi?

A) Hind B) Atlanta C) Tinch D) Shimoliy Muz

6. Mamlakatimiz hududi bo'ylab o'tuvchi Osiyo va Yevropa mamlakatlarining tranzit yuklari qaysi temiryo'1 orqali tashiladi?

A) Chorjo'y - Qo'ng'irot B) Toshkent – Hojikent C) Qo'ng'irot – Beynov D)Navoiy - Uchquduq

7. Turkiya xrom qazib chiqarishda dunyoda nechanchi o'rinda turadi?

A) birinchi B) uchinchi C) to'rtinchi D) ikkinchi

8.Qoraqalpog'iston Respublikasida ekin maydonlarining necha foizi poliz maydonjariga to'g'ri keladi? (2012-y.)

A) 2,3 B) 3, 1 C) 9 D) 7

9. Afrikaning qaysi qismi dunyoning aholi eng zich joylashgan hududlari qatoriga kiradi?

A) Janubiy Afrika B) O'rta dengiz bo'yidagi davlatlar

C) Sharqiy Afrika, Hind okeani qirg'oqlaridagi davlatlar D) Gvineya qo'ltig'iga tutash davlatlar

10. Respublikamizdagi gazni ko'p iste'mol qiladigan shaharlarni belgilang.

A) Samarqand, Navoiy, Xorazm B) Toshkent, Farg'ona, Qarshi

C) Toshkent, Farg'ona, Andijon D) Toshkent, Buxoro, Samarqand

11. Uchtepa, Bo'ston, Zafarobod qaysi viloyat hududida joylashgan?

A) Farg’ona B) Namangan C) Jizzax D) Sirdaryo

12. And tog'larining necha metr balandliklarida baland tog’ o'rmoniari tabiat niintaqasi tarkib topgan?

A) 2 000 B) 1 000 C) 4 000 D) 3 000

13. Shimoliy Amerika materigining qaysi qoltig'ida eng baland suv qalqishi bo'ladi?

A) Fandi B) Meksika C) Kalitomiya D) Alyaska

14. Mirzaobod, Yerijar kabi balandliklar qaysi tabiiy geografik o'lka hududida joylashgan?

A) Mirzacho'l B) Ustyurt C) Farg'ona D) Quyi Amudaryo

15. Rossiyaning G'arbiy Sibir pasttekisligi nimaning ta'sirida cho'kmoqda?

A) ko'mir konlarining tugashi natijasida B) yer osti suvlarining kamayishi natijasida

C) o'rmonlaming kesilishi natijasida D) neft va gaz qazib olinishi natijasida

16. 1466-1472-yillarda kim Sokotra oroli bo'ylab ekspeditsiya olib borgan?

A) A. Gumbolt B) N. Prjevalskiy С) M. Polo D) A. Nikitin

17. Parana daryosida vujudga kelgan sharshara nomini toping.

A) Niagara B) Iguasu C) Viktoriya D) Anxel

18. Qanday andazalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar, orollar maydonlari xatosiz tasvirlanadi?

A) teng burchakli B) ixtiyoriy C) silindrsimon D) teng maydonli

19. Janubi-g'arbiy Osiyo mintaqasi aholisining yarmidan ko'pi qaysi davlatlar hissasiga to'g'ri keladi?

A) Saudiya Arabistoni, Quvayt, Isroil B) Iordaniya, Kipr, Livan

C) BAA, Bahrayn, Qatar D) Iroq, Turkiya, Eron

20. Ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarish sohasida katta yutuqlarga erishgan davlatlar qaysi javobda to'g'ri berilgan?

A) Meksika, Chili, Koreya Respublikasi B) Liviya, Gvatemala, Gonduras

C) Kuba, Braziliya, Hindiston D) Urugvay, Panama, Isroil

21. Qaysi daryo Talas Olatou, Qorjontov, Ugom, Piskom tog'laridan suv oladi?

A) Norin B) Chirchiq C) Sirdaryo D) Zarafshon

22. Agar havo harorati 0 °C bo'lsa, 1 m³ havo o'zida necha gramm suv bug' ini tutib tura oladi?

A) 6 B) 4 C) 3 D) 5

23. Qaysi javobda Hind okeaniga tegishli bolmagan dengiz nomi keltiriigan?

A) Andaman B) Riser-Larsen C) Banda D) Hamdo'stlik

24. Koreya Respublikasi qanday mahsulot ishlab chiqarishda jahonda beshinchi o'rinda turadi?

A) elektron sanoat mahsulotlari B) kimyoviy tolalar C) elektroepergiya D) po'lat eritish

25. Hozirgi vaqtda jahonning qaysi davlatlarida elektroenergiyasini eksport qilish shakllangan?

A) Xitoy, Germaniya B) Meksika, Yangi Zelandiya C) Braziliya, JAR D) Vengriya, Kanada

26. Bahor va kuzda Mirzacho'ldan Farg'ona vodiysi tomon qaysi shamol esib turadi?

A) afg'on B) Bekobod C) Qo'qon D) tog'-vodiy

27. Determinizm so'zi lotincha "determino" so'zidan olingan bo'lib, u qanday ma'noni anglatadi?

A) katta B) yagona C) aniqlayman D) kucbli

28. Janubi-garbiy Osiyodagi qaysi davlatlarda paxta, moy beruvchi ekinlar ekiladi?

A) lordaniya, Bahrayn, Kipr, Iroq, Quvayt B) Suriya, Iraq, Turkiya, Eron, Ozarbayjon

C) Eron, Isroil, Ozarbayjon, Turkiya, Quvayt D) Isroil, Livan, Quvayt, Gruziya. Kipr

29. Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi nechanchi yilda qabul qilingan?

A) 1974 B) 1991 C) 1972 D) 1989

30. Topografik xaritalarda yonbag'irlarning qiyaligi nima yordamida aniqlanadi?

A) xarita ramkalari chetlaridagi geografik kenglik yordamida

B) xaritaning pastki ramkasi ostida berilgan balandliklar shkalasi yordamida

C) gorizontallar oralig'ini sirkul bilan o'lchab

D) qo'shni gorizontallar orasidagi masofaga qarab

31. Nemis geologi A. Vegener fikricha, 200 mln yil muqaddam Yer yuzida qanday materik bo'lgan?

A) Gondvana B) Afrika C) Pangeya D) Lavraziya

32. Dartko'l qaysi tog'ning cho'qqisi hisoblanadi?

A) Ziyovuddin B) Chaqilkalon C) Zirabuloq D) Qoratepa

33. Farg'ona viloyatining g'arbiy qismida qaysi shahar joylashgan?

A) Quvasoy B) Marg'ilon C) Quva D) Qo'qon

34. Xaritalarda Yer yuzining relyeti rang berish usuli bilan tasvirlanganda necha metr balandlikkacha bo'lgan joylar yashil rangda tasvirlanadi?

A) 0-200 B) 0-500 C) 0-300 D) 0 -400

35. Hindiston aholisining o'rtacha zichligi 1 km2 ga necha kishi to'g'ri keladi?

A) 250 B) 485 C) 370 D) 450

36. Yer yuzidagi eng yirik botqoqlik qeysi materikda joylashgan?

A) Shimoliy Amerika B) Janubiy Amerika C) Yevrosiyo D) Avstral

………………………………………………………………………………………………………………



23-variant

1.Respublikamizning qaysi hududida yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda va 200 ming tonna kaliy o'g'it beradigan zavod ishga tushirilgan?

1) Qo'ng'irot; 2) Taxiatosh; 3) Bekobod; 4) Dehqonobod; 5) Xalqabod; 6) Navoiy.

A) 2, 6 B) 1, 5 C) 3, 4 D) 1, 4

2. Urbanizatsiya darajasi 90 - 100% ga teng mamlakatlar qatorini aniqlang.

A) Eritreya, Lesoto, Italiya B) Argentina, Qatar, Belgiya

C) Malavi, Singapur, Yangi Gvineya D) Singapur, Monako, Lesoto

3. Dunyo okeanida jami nechta dengiz bor?

A) 88 ta B) 67ta C) 71ta D) 55ta

4. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?

A) qobiqlar o'rtasida chegara vazifasini bajaradi B) atmosferani litosferadan ajratib turadi

C) Yerdagi organizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi

D) geografik qobiqning chegarasi vazifasini bajaradi

5. Yevropada butun sanoat mahsulotining 1/2 eksportining 2/3 qismini qaysi sanoat tarmog'i tashkil qiladi?

A) kimyo va neft-kimyo B) mashinasozlik C) yoqilg'i energetika D)rangli va qora metallurgiya

6.Geografik determinizm g'oyasi vakillaridan biri - Ritter dunyoni necha qismga bo'lgari?

A) 5 C)2 C)3 D)4

7. G'arbiy Afrika mintaqasiga kiruvchi mamlakatlar qatorini to'g'ri belgilang.

A) Chad, Mali B) Angola, Kongo C) Nigeriya, Burkina-Faso D) Mavritaniya. Gabon

8. Qalqish elektrostansiyasi (QES) quyidagilardan qaysi davlatda mavjud?

A) Daniya B) Kanada C) Avstriya D) ispaniya

9. Eron davlatining necha foiz aholisi qishloqlarda yashaydi?

A) 28,7 B) 31,3 C) 23,6 D) 38,5

10. Qaysi javobda Shimoliy muz okeaniga tegishli bo'lmagan dengiz nomi keitirilgan?

A) Lapteviar B) Kara C) Barens D) Koro

11. Qaysi javobda yarimorollar guruhi to'g'ri ko'rsatilgan?

1) Sulavesi: 2) Koreya, 3) Sumatra; 4) Bolqon; 5) Somali; 6) Vrangel, 7) Florida.

A) 2, 4, 5, 7 B) 1,3,5,7 C) 2, 3,6, 7 D) 1,2,3,6

12. Yevropadagi qaysi mamlakatlarda mis, molibden konlari juda ko'p?

A) Italiya, Buyuk Britaniya B) Ispaniya, Norvegiya C) Ukraina, Belorus D) Bolgariya, Polsha

13. Havo qobig'i 25 sm² yuzaga necha kilogrammga teng bo'lgan og'irlik bilan bosadi?

A) 25 B) 250 C) 2,5 D) 2500

14. Materiklar yarimsharida quruqlik necha foiz maydonni egallaydi?

A) 19 B) 39 C) 53 D) 71

15. Shimoliy Amerika qaysi tabiat zonasining asosiy o’simligi mox va lishayniklar hisoblanadi?

A) Tundra va o'rmon tundrasi B) Tayga C) Fasliy nam o'rmonlar D) Arktika choilari

16. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha jahonda qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?

A) AQSh B) Xitoy C) Yaponiya D) Rossiya

17. Qadimgi Qovunchi qishlog'i o'rnida qaysi shahar shakllangan?

A) Chinoz B) G'azalkent C) Yangiyo'l D) Ohangaron

18. Buxoro viloyatining shimolida qaysi shahar joylashgan?

A) G'ijduvon B) Romitan C) Kogon D) Olot

19. O'rta Osiyoning tog'- yaylovlar mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko'ra necha qismdan iborat?

A) 3 ta B) 5-ta C) 2 ta D) 4 ta

20. Piskom qaysi daryoning asosiy irmoqlaridan biri hisoblanadi?

A) Sirdaryo B) Ohangaron C) Chirchiq D) Chotqol

21. Braziliya yassi tog'ligining janubiy qismi qaysi iqlim inintaqasida joylashgan?

A) Tropik B) Subtropik C) Mo'tadil D) Subekvatorial

22. Quyidagi qaysi davlatda suv tanqisligi juda keskin?

A) Norvegiya B) Qirg'iziston C) Gruziya D) Moldova

23. Respublikamizning qaysi liududlarida sholi ko'p ekiladi?

A) Xorazm, Nukus, Samarqand, Toshkent, Farg'ona, Andijon vohalarida

B) Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Quyi Amudaryo, Farg'ona, Toshkent viloyatlarida

C) Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Quyi Amudaryo, Zarafshon, Toshkent hududlarida

D) Xorazm, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent viloyati, Zarafshon, Farg'ona vodiylarida

24. Asaka-Ovdan botig'ining janubi-g'arbiy qismida joylashgan geografik obyektni aniqlang.

A) Qoratov tog'i B) Sariqamish ko'li C) Kassarma balandligi D) Qorabovur balandligi

25. Quyidagi qaysi suv omborining suv hajmi eng katta (mln m³) ?

A) Chorvoq B) Andijon C) Qayroqqum D) Kattaqo'rg'on

26. Oloy va Turkiston tog'laridan boshlanuvchi daryolar guruhini aniqlang.

A) Ko'gart, Koson B) Yassi, Moylisuv C) Qorao'ngur, Namangansoy D) So'x, Shohimardon

27. Sanoat inahsulotlari bo'yicha qaysi shahar respublikada to'rtinchi o'rinda turadi?

A) Chirchiq B) Bekobod C) Samarqand D) Olmaliq

28. Niagara sharsharasi bilan Viktoriya sharsharasi balandliklari orasidagi farq necha metr?

A) 120 B) 47 C) 69 D) 51

29. Yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochgan sayohatchini aniqlang.

A) Xristofor Kolumb B) Fernan Magellan C) David Livingston D) Vasko da Gama

30. Janubi-g'arbiy Osiyoning qaysi davlatlarida fosforit va kaliy tuzlarinirig anchagina zahirasi bor?

A) Iordaniya, Isroil B) Quvayt, Eron C) Kipr, Turkiya D) Bahrayn, Livan

31. Quyidagi qaysi suv omborining maydoni eng kichik?

A) Chorvoq B) Janubiy Surxondaryo C) Andijon D) Chimqo'rg'on

32. Janubi-g'arbiy Osiyodagi qaysi davlatlarda paxta va moy beruvchi ekinlar ekiladi?

A) Eron, Isroil, Ozarbayjon, Turkiya, Quvayt

B) Suriya, Iroq, Turkiya, Eron, Ozarbayjon



C) Isroil, Livan, Quvayt, Gruziya, Kipr

D) Iordaniya, Bahrayn, Kipr, Iroq, Quvayt
Download 145.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling