Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish


Tabiiy kartalarni o‘qish metodikasi


Download 186.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.01.2023
Hajmi186.51 Kb.
#1074191
1   2   3   4
Bog'liq
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8

Tabiiy kartalarni o‘qish metodikasi 
V-VII sinflarda tabiiy kartalar juda keng qo`llaniladi.Ular yordamida 
hududning geografik o`rni, relefi, iqlim hosil qiluvchi omillari, ichki suvlari
geologiyasi, tektonikasi va boshqa masalalar atroflicha o`rganiladi. Tabiiy 
kartalarni o`qish metodikasi xilma-xil bo`lib, shunga qaramasdan bunday kartalarni 
o`qish usullari juda kam tadqiq etilgan. Mustaqillik sharofati tufayli O`zbekiston, 
Turkiston tabiiy geografiyalarining deyarlik yangidan yaratilishi, ular bilan bog`liq 
tabiiy kartalar mazmuni va o`qish usullariga ham tasir ko`rsatmasdan qolmadi. 
Quyida tabiiy kartalarni o`qishning ayrim metodik tomonlariga to`xtalamiz. 
 
Tabiiy kartalarda hududning geografik o`rnini tariflash. 
Geografiya fani o`rganadigan har qanday ob`ektlar Yer yuzida birbiri bilan
geografik o`rni jihatidan farq qiladilar. Hududning geografik o`rnini aniqlamasdan,
uning boshqa xususiyatlarini aniqlab bo`lmaydi. Geografik o`rinni aniqlashga 
darslik va dasturda katta e`tibor berilishiga qaramasdan aksariyat o`quvchilar ularni 
kartaga bog`lay olmaydilar va bu borada turli xatoliklarga yul qo`yadilar.
Har qanday ob`ekt va hududning geografik o`rnini karta asosida tariflash 
ta`limining eng asosiy maqsadi bo`lgandagina o`quvchilarni kar- 
tani o`qishni o`rgatish mumkin. Aks holda bu tushunchaning mazmunini ochib 
berishga uning muhim belgilarini bilib olishga imkoniyat yaratilmaydi. 
Materiklar va okeanlar geografiyasi hududining geografik o`rnini o`rgatish buyicha 
boshqa kurslarga qaraganda ancha boy imkoniyatlarga ega. Quyida materik
geografik o`rnini karta asosida tasvirlashda o`quvchilarga tubandagi rejani tavsiya 
qilish mumkin. 
1.Materik kattaligi 
2.Materikning ekvator va bosh meridianga nisbatan joylashishi 
3.Materikning chekka nuqtalari va koordinatalari 
4.Materikning tropiklar va qutb doiralariga nisbatan joylashishi 
5.Materikning shimoldan janubga va g`arbdan sharqqa uzunligi (km va 
daraja xisobida) 
6.Materikni o`rab turgan okeanlar va dengizlar 
7.Materikning boshqa materiklarga nisbatan holati, ularga uzoq yaqinligi 
8.Materikning boshqa materiklarga nisbatan kattaligi yoki kichikligi



Download 186.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling