Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish


Download 186.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.01.2023
Hajmi186.51 Kb.
#1074191
  1   2   3   4
Bog'liq
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8



Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish. 
Geografiya taʼlimini kartasiz tasavvur qilish qiyin. Karta geografiya fanidagina emas
balki insonning amaliy faoliyatida ham cheksiz ahamiyatga ega. Karta obyektlar
joylashgan o‘rinni ko‘rsatibgina qolmasdan, balki voqea va hodisalarni, ular o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni bilishga ham yordam beradi. Maktabda qo‘llaniladigan kartalar,o‘quv 
geografiya kartalari deyiladi. Geografiya taʼlimida kartalar ko‘rsatmali qurol va bilim 
manbai sifatida ishlatiladi. Kartani bilish va undan foydalana olish deganda, undan 
xilma-xil malumotlarni, xususan, tabiiy va iqtisodiy geografik malumotlarni bilimlarni 
egallab bilishiga tushuniladi. 
Geografiya taʼlimi metodikasi nuqtay nazardan qaraganda, karta o‘qitish vositasi 
sifatida 4 ta vazifani bajaradi: 
1.O‘rganish obyekti bo‘lib xizmat qiladi 
2.Ko‘rgazmali qurol bo‘lib xizmat qiladi 
3.Geografik hodisalarni o‘rganishda bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi 
4.Karta geografiya taʼlimida psixologik-pedagogik vazifani ham bajaradi. Yaʼni uning 
yordamida bilimlarni egallanishi, esda qolishini shakllantiradi. 
Yuqoridagi 4 ta vazifa kartani o‘rganishda bir-birini to‘ldiradi, mabodo ularning bittasi 
bo‘lmagan taqdirda ham kartografik bilimlarini to‘la egallash qiyin kechadi. Kartani 
o‘rganish obyekti deyilganda uning yordamida xilma-xil geografik ma’lumotlarni 
olishga tushuniladi. Karta faqat o‘rganish obyektgina bulmay, balki kartani 
tushunishdek pedagogik maqsadga ham xizmat qiladi.
Geografiya taʼlimida kartografik bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishga quyidagi
metodik yo‘llar orqali erishiladi: 
1. O‘quvchilarga karta yer yuzasining kichraytirilgan tasviri ekanligi, kartadagi har bir 
shartli belgining maʼnosini tushunish kerak. Kartaga biron-bir belgi maqsadsiz 
qo‘yilmaydi. 
2. O‘quvchilarni kartadan ko‘rgazmali qurol va bilim manbai sifatida foydalanishni
o‘rgatish, toki o‘quvchilar kartadan o‘z bilimlarini oshirish uchun hohlagan geografik 
malumotlarni ola bilsinlar. 
3.Karta o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi ularda kuzatuvchanlik, fazoviy 
tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xislatlarni ham tarbiyalaydi. 
Geografiya o‘qituvchisining asosiy vazifasi o‘quvchilarda quyidagi kartografik 
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 
1.Joyda va kartada mo‘ljal ola bilishni; 
2.Kartada o‘lchash ishlarini bajara olishni; 
3.Umumgeografik,tematik kartalarni qiyoslay olish va o‘qiy olishni; 


4.Bir xil va turli masshtabdagi kartalarni taqqoslay olishni; 
5.Karta asosida geografik obyektlarga, xududlarga, mamlakatlarga, tabiat zonalari va 
tabiiy komplekslarga taʼrif yoza olishni; 
Kartografik ko`nikma va malakalarni shakllantirishni quyidagi tizim 
asosida olib borish maqsadga muvofiq: 
 a)boshlang`ich sinflarda va geografiyaning birinchi darsidan boshlab,to 
maktabni bitirgunga qadar geografik kartani o`qish buyicha uzluksiz
mashg`ulotlar o`tkazish, hamda undan mustaqil ravishda bilimlarni ola bilish: 
 b)dars maqsadini aniq tasavvur etish, uni bevosita karta bilan uyg`unlashtirish 
va unga erishish yullarini izlash. 
 v)muammoli savollar tug`ilganda, albatta, kartaga murojaat etish, egallangan 
kartografik bilimlar yordamida mustaqil xulosalar chiqara bilish.
Karta asosidagi asosiy ilmiy bilimlar va eng oddiy ko`nikmalar boshlang`ich
tabiiy geografiya kursining "Plan va karta" mavzusida beriladi. Ushbu mavzuni 
tahlil qilish shu narsani ko`rsatadiki, uning asosida karta tuzish tushunchasi yetadi. 
Haqiqatan ham kartaning qanday tuzilganligini bilmasdan, undan bilim manbai va 
ko`rgazmali qurol sifatida foydalanish ancha mushkul. Mavzuning qolgan 
tushunchalari (joyni rasmda aks ettirish, aerosurat, kosmik surat, reja, kartada va
kartasiz mo`ljal olish, masshtab shartli belgilar, mutloq va nisbiy balandlik,daraja 
turi va boshqalar) yordamchi yoki asosiy tushunchaga buysunadi. Bundan ushbu 
tushunchalarni o`rganish ikkinchi darajali, degan xulosaga kelmaslik kerak. 
Chunki, bu bilimlarsiz kartaning tuzilishini o`rganib bulmaydi. Karta tuzilishini
puxta bilish uchun, eng avvalo ko`z bilan chamalab plan olishni, nevilerlashni 
har bir o`quvchi bilishi lozim. Ammo ko`pgina o`qituvchilar bunga yetarlicha
e`tibor bermaydilar. 
Zarur geografik bilimlarni egallash uchun, o`quvchilar ob`ektlarning 
kartografik obrazlarini tasavvur qila olishlari maqsadga muvofiq. Kartografik 
tasavvur kartani o`qish jarayonida shakllanadi. Karta o`qish-kartografik metodning 
eng muhim qismlaridan biri. Karta o`qishda, inson kuzatish faoliyatida narsa va 
hodisalarning tasavvuri paydo bo`ladi. O`quvchilarning karta o`qishdagi 
xatoliklarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, ular yul quyadigan aksariyat xatoliklar 
ular kuzatishni bilmasligidan kelib chiqadi. 
O`quvchilar kuzatish jarayonida kartadagi zarur belgilarga yetarlicha e`tibor 
bera olmasliklari tufayli ham yuqoridagi kamchiliklar paydo bo`ladi. 


Kartani o`qishni o`rganish va zurur ko`nikmalar hosil qilish uchun quyidagilarga 
e`tibor berish kerak: 
1.Geografik ob`ektni o`rganish rejasini mukammal bilish 
2.Kartadagi har bir geografik ob`ekt shartli belgisini xaqiqatda qanday ekanligi-
ni tasavvur etish 
3.O`rganilayotgan ob`ektning obrazini hayolan tiklay olish 
O`quvchi kartani bilish uchun quyidagilarga e`tibor berishi kerak: 
1.Geografik ob`ektning kartadagi tasvirini aniq egallab olishi. 
2.O`rganilayotgan ob`ekt haqida fazoviy tasavvurga bo`lishi hatto, kartaga 
qaramasdan uning xarakterli xususiyatlarini ayta olishi. 
3.Ushbu ob`ektning kartadagi boshqa ob`ektlar bilan aloqasini o`rnata olishi va 
o`rganilayotgan ob`ektning obrazlarini ham tiklay olishi. 
Kartani bilishdagi eng muhim xususiyatlardan yana biri, kartografik 
belgilarning nimalar (rang, chiziqlar, belgilar, so`zlar, raqamlar)ni aks ettirishini 
puxta bilish lozim. Faqat shundagina nafaqat kartani o‘qiy olishi balki, uni 
tushunish ham ancha yengillashadi.
Geografiya ta`limida aksariyat hollarda zurur bilimlarning hammasini ham 
kartografik manbalardan olib bo`lmaydi,ularni nazariy manbalardan ham izlashga 
to`g`ri keladi. Masalan: turli tipdagi kartalarni tahlil qilish orqali Surxondaryo 
viloyatining O`zbekiston janubida joylash-ganligini, relefdagi va foydali 
qazilmalarini, u yerda Amudaryo, Surxondaryo kabi daryolar borligini, sharqda 
Tojikiston, janubda Afg`oniston bilan chegaradoshligini bilib olsa bo`ladi. Ammo
nima sababdan Surxondaryo quruq subtropikda joylashganligini, sitrus mevalar 
o`sishini viloyatning ixtisosli tarmoqlarini va xakozolarni geografiyaning nazariy 
bilimlari egallamasdan turib faqat karta orqali tushunib bo`lmaydi. Kartani 
tushunish geografik ob`ekt va hodisalar o`rtasidagi aloqadorlikni nazariy bilimlar 
bilan bog`lab isbotlay olishni ham o`z ichiga oladi. Demak, kartani tushunish 
kartografik bilimlarni namoyon bo`lishidagi oddiy shakl desak xato qilmaymiz. 
Chunki kartografik bilimlarni o`quvchilar uzoq mashqlar orqaligina 
egallaydilar. Ma’lumki, fikrlash jarayoni murakkab, qator aqliy jarayonlarni - 
taqqoslash, tahlil, sintez, xulosa chiqarishni o`z ichiga oladi. Bu jarayonlarsiz
kartografik va geografik bilimlarni egallash qiyin kechadi. Karta-faqat bilish 
manbaigina bulmay, balki muhim ko`rgazmali qurol hamdir. Karta o`quvchilarni 
faollashtirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.


Karta bilan ishlashda qo`yidagi darajalarni ajratish maqsadga muvofiq: 

Download 186.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling