Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish


Download 186.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.01.2023
Hajmi186.51 Kb.
#1074191
1   2   3   4
Bog'liq
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8

Birinchi daraja - geografiyani o`rganishga kirishgunga qadar egallangan 
kartografik bilimlar. Bunda o`quvchilar ob`ektlarni tashqi belgilariga ko`ra 
ajratadilar.Masalan: Urganch aholi yashaydigan punkt, Pomir tog`, Tinch okeani. 
 Ikkinchi daraja-o`quvchilar o`zlaridagi mavjud geografik bilim va tassavvurlarini 
karta bilan bog`lay olishi. Geografik ob`ektlarni joylashishi bo`yicha hayoliy
fazoviy tasavvurlarga ega bo`lishi, alohida ob`ektlar va joylarga oddiy tarif yoza 
olish, daryoning boshlanishi, quyilishi, havzasi tizimini ko`rsata olishi kerak. 
Uchinchi daraja-kartani bilish(tushunish), undan bilim manbai sifatida foydalana 
olish. Eng muhimi o`quvchilar o`zlaridagi geografik bilimlarni karta bilan 
uyg`unlashtira olishi talab qilinadi. O`quvchilar 3-darajada kartada erkin mo`ljal 
ola bilishlari, biron hududga har tomonlama tarif bera olishlari, ob`ektlarini 
taqqoslay olishlari, tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarini, sabab-oqibatlarini ajrata
olishlari zarur. O`quvchilarni kartografik bilim va ko‘nikmalar bilan 
qurollantirishda, xilma-xil kartografik vositalarning ahamiyati katta. 
Kartalarni o‘qish ko‘nikmalari 
Kartani o`qish ko`nikmasi birdaniga hosil bo`lmaydi. U sekin-asta uzoq 
mashqlar tufayli chuqurlashadi va takomillashadi. Karta o`qishni murakkablik 
darajasiga ko`ra 3 ta turga ajratish mumkin. 
1.Kartani eng oddiy o`qish. Bunda ob`ektning tashqi ko`rinishdagi xususiyatlariga 
asosiy e`tibor beriladi. Masalan, mana bu Avstraliya, Yevrosiyo, O`zbekistonning 
davlat chegaralari. 
Bu usul juda oddiy bo`lib, u ko`proq boshlang`ich sinflarda ko`llaniladi. Bu 
usulni huddi alifboni o`rganish bilan qiyoslasa bo`ladi. Ammo kartani eng oddiy 
usulda o`qishni ko`nikma malakalarini shakllantirmasdan murakkablikga intilib 
bo`lmaydi. Shu tufayli geografiya o`qituvchisi kartani o`qish alifbosiga quyi 
sinflarda zamin yaratilishi kerakligini doimo esda saqlashlari kerak. 
2.Kartani murakkab o`qish. Karta asosida ob`ekt va predmetlarning 
xususiyatlari xaqida xulosalar chiqara olish. Bu usul ham tinimsiz mashqlar orqali 
amalga oshiriladi. Karta asosida turli ob`ektlarning taqqoslash jarayonida u yoki bu 
ob`ektlarga xos bo`lgan xususiyatlari aniqlanadi. Masalan, karta asosida quyidagi
jadvalni to`ldiring. 
Orol nomi 
Atorfidagi tabiiy 
obektlar 
Koordinatasi 
Qo‘shimcha 
Shri-Lanka 
Islandiya 


3. Kartani o`qishning uchinchi darajasi o`quvchilardan chuqur aqliy 
mushohada talab qiladi. O`quvchi geografik bilimlarga va kartadagi faktlarga 
tayanib yangi xulosalarga keladi. Buning asosida esa qo`shimcha bilimlarga ega 
bo`ladi.

Download 186.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling