Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja


Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar


Download 97.69 Kb.
bet6/7
Sana08.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1464872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografiya darslarida ma\'naviy ekologik iqtisodiy tarbiya

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Suv boyliklari, potentsial energiya resurslari.

  • Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism.

  • O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

  • Yangi mavzuni o`rganish:

O`qituvchi yangi mavzuni o`rganishdan oldin o`quvchilarni teng sonli 4 ta guruhga ajratadi va ularga muayyan sohada faoliyat ko`rsatadigan “olimlar” maqomini beradi. Jumladan, I guruh olimlari “Gidrologlar” maqomini olib, mavzudagi ma’lumotlardan ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to`ldiradilar:

O’zbekiston daryolari

Hududiy joylashuvi va vazifasi

Daryo suvlarini toza saqlash tadbirlari





































II-guruh olimlari “Iqlimshunoslar” maqomiga ega bo`lib, mavzudagi O’zbekiston ko’llari, paydo bo’lishiga ko’ra turlari, vazifasi, hozirgi kundagi ekologik holati bo`yicha materiallarni o`rganib chiqib ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to`ldiradilar:



Ko’llar

Hududiy joylashuvi va ahamiyati

Ekologik axvoli, toza saqlash chora-tadbirlari





































III-guruh olimlari “geograflar” maqomini olib, yer osti suvlari, turlari, to’yinish manbalari to’g’risida ma`ruza tayyorlaydilar va quyidagi javalni to`ldiradilar:



Yer osti suvlari turi

Paydo bo’lishi va tarqalishi

Hozirgi kundagi ekologik holati va amalga oshirilayotgan ishlar





































IV-guruh olimlari “Ekologlar” maqomini olib mavzudagi suv boyliklari va ularni muhofaza qilish bo’yicha ma`lumotlar tayyorlaydilar.


“Olimlar” o`zlariga belgilangan mavzuning tegishli qismini o`rganib bo`lganlaridan so`ng, ko`rgazmali qurollar asosida ma`ruzalarini bayon qiladilar. Guruhlar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi o`tkaziladi.
O`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash darslikda berilgan topshiriqlar asosida o`tkaziladi.
-Darsni yakunlash.
-Uyga vazifa berish.
Xulosa.
Demak, mustaqil ishimiz mazmunidan kelib chiqib shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O’zbekiston tabiiy geografiya darslarida muntazam ravishda ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilsa, ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, muammoli va modulli ta’lim texnologiyalari metodlaridan foydalanilsa o’quvchilarda o’quv predmetiga, atrof-muxitga nisbatan bo’lgan bilim-ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O’zbekiston tabiiy geografiyasi fanini o’qitishda ekologik bilimlarni tashviqot qilish, o’quvchilarni ekologik tarbiyalash, ularning ekologik ongini va dunyoqarashini rivojlantirish dars mashg’ulotlarining asosiy mazmunini tashkil etishi kerak. Hozirgi kunda ekologik madaniyatni, o‘z burchini to‘liq tushunishga qodir, ishning ko‘zini biladigan, tabiatga, atrof-olamga g‘amxo‘rlik qiladigan, unga zarar yetkazmaydigan, tabiat boyliklarini avaylab asraydigan va boyitadigan barkamol shaxsni tarbiyalash har qachongidan ham dolzarbdir. Yana shuni ham ta’kidlab aytish kerakki, dars mashg’ulotlarida tabiat bilan jamiyatning o‘zaro aloqasini izchil tadqiq etish, o‘quvchilarning atrof-olamning yaxlitligi, harakat-dinamikasi bo‘yicha dunyoqarashi va ishonchini boyitadi hamda mustahkamlaydi. O‘quvchilarning fuqarolik hamda vatanparvarlik tuyg‘ulari va e’tiqodlarini tarbiyalashda ekologik yondashuvning hissasi o‘ta muhim ahamiyatni kasb etadi.

Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling