Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja


Download 97.69 Kb.
bet5/7
Sana08.06.2023
Hajmi97.69 Kb.
#1464872
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografiya darslarida ma\'naviy ekologik iqtisodiy tarbiya

Ijodiy o`yinlar:-bunda o`quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo`shimcha bilim olishga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o`yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodiy o`yinlardan “O’zbekiston iqlimi”, “O’zbekiston ichki suvlari va suv boyliklari” mavzularini o`rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o`quvchilar teng sonli guruhlarga ajratilib, ularni shartli ravishda “Gidrologlar”, “Iqlimshunoslar”, “Ekologlar” va h.k belgilanadi. Har bir “mutaxassislar” ijodiy izlanib, go`yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib, O’zbekiston tabiiy kartasi, 7-sinf atlasi hamda ko`rgazmali qurollarga tayangan holda, o`z javoblarini asoslaydilar. Mazkur didaktik o`yinli darslarda hamma o`quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o`zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo`llab yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa o`quvchilarning o`z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg’otadi va har bir o`quvchi sidqidildan hamda jiddiy tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan holda bilim olishga kirishadi[16].
Dars mavzusi: O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish..
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga inson hayotida suv boyliklari qanday ahamiyatga ekanligi va ularning ekologik holati bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: suv boyliklari qishloq xo’jaligi, aholi, sanoatni suv bilan ta’minlashini tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik tarbiyalash;
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:o`quvchilarning suv boyliklarining hozirgi kundagi holati haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash va ijodiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: O’zbekiston tabiiy va tabiatni muhofaza qilish kartalari, 7-sinf atlasi.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o`yin texnologiyasi (ijodiy o`yin).

Download 97.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling