Geografiya va geoaxborot tizimlari
Shaharlar hududiy rivojlanishi omillari
Download 112.78 Kb.
|
2-Mustaqil ish (1)
16. Shaharlar hududiy rivojlanishi omillari.
Shaharlar duch kelgan yerda, o‘z -o‘zidan vujudga kelaverm aydi, ular qulay geografik o'rin d a, aholi ehtiyojiga ko‘ra, turli om illar ta ’sirida shakllanadi. Dastlabki shaharlam ing shakllanishida tabiiy sharoit m uhim rolo'ynagan, shaharlar asosan issiq m intaqalarda, sug'orm a dehqonchilik rivojlangan yerlarda paydo bo‘lgan. Insoniyat hayoti tarixida uch asosiy o’zgarishlar yuz bergan: 1 - mil.avv. 7000 yillikda qishloq xo’jaligining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan inqilob va Iroqdagi Jarmo, Isroildagi Jericho kabi neolit davri manzilgohlari rivojlanishi bo’lgan. 2 - sanoatdan oldingi inqilob bo`lib, u shaharlarni yuzaga keltirgan. 3 - XVIII-XIX asrlardagi sanoat inqilob bo’lib, bizning hozirgi shaharlarimiz ilk ko‘rinishini yaratib bergan. Bu shaharlar hozirgi postindustrial shaharlargacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Atrof-muhit, topografiya, iqlim, ijtimoiy ahvol va tabiiy resurslar ilk shaharlar o'sishga asosiy ta’sir ko'rsatuvchi omillar bo‘lganligini biz Yaqin Sharq shaharlarining Tigr va Evfrat daryolari oralig‘ida joylashganligi, daryolar shaharlarni nafaqat suv, balki, unumdor tuproq bilan ham ta’minlanganligida ko’rishimiz mumkin (M .Pacione, 2009, 37-b). Agar xaritaga qarasak, tabiiy sharoiti noqulay bo‘lgan o‘lkalarda, cho‘l, tog’ yoki sovuq mintaqalarda ulam ing nihoyatda siyrak joylashganini ko‘ram iz. Qadimda shaharlar savdo-sotiq va hunarmandchilik negizida paydo bo‘lgan. Keyinchalik bunga eng ko‘p sanoat va transport sababchi bo’lgan. Ko‘p hollarda garchi tabiiy sharoit noqulay bo‘lsada, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish asosida ko‘plab shaharlar vujudga kelgan. Qazilma boyliklarni o‘zlashtirish asosida shakllangan shaharlarni ilmiy adabiyotlarda “resurs shaharlar” deb ham yuritiladi. Bunday shaharlar, odatda, o‘z atrofi, qishloq joylar bilan kam bog‘langan bo'ladi. Ularning nomlari ham ko‘pincha kon nomini anglatadi, masalan, Gazli, Jezqazg‘an, Toshko‘mir, Magnitogorsk va boshqa resurs shaharlar odatda kichik bo‘ladi, agar shahar hayoti shu resurs bilangina bog'liq bo'lsa, resurs tugagach shahar inqirozga uchrashi mumkin. Lekin, ko‘p hollarda bunday shaharlarda boshqa tarmoqlar shakllanib, uning iqtisodiy asosini tashkil etadi va shahar rivojlanishda davom etadi. Masalan, Angren shahri ko‘mir konini qazib olish asosida vujudga kelgan “resurs shahar” bo‘lgan, keyinchalik kaolinni qayta ishlash, chinni ishlab chiqarish, Angren BESi faoliyati bilan u sanoat shahriga aylandi. 2013-yilda Angren iqtisodiy industrial zonasining tashkil etilishi uning rivojlanishi uchun yana bir muhim omil bo‘ldi. Shaharning vujudga kelishi va rivojlanishining muhim omilidan biri — aholi bo‘lib, u shahaming tarkibiy qismi hisoblanadi. Aholisiz shahar bo'lmaydi, shaharning o`lchami - katta-kichikligi ham aholi soni bilan belgilanadi. Aholining tabiiy va mexanik o‘sishi, qishloqlaming shaharga aylanishi shaharning o‘sishiga ta’sir etadi va aksincha. MDH davlatlari mustaqillikka erishgach, Rossiyaning shimoliy sovuq o‘lkalaridagi shahar va shaharchalardan aholi ko‘plab markazga ko‘chib ketib, ular “bo’shab” qoldi. Kalkutta, Lagos, Shanxay kabi shahar va aglomeratsiyalar esa aksincha atrofdan ko'plab aholini yig‘ib olib yiriklashib ketmoqda. Shahar aholisi soni tabiiy o‘sish, aholi migratsiyasi va ma’muriy hududiy o'zgarishlar hisobiga o‘zgarib boradi. Jahon miqyosida shaharlarning tez ko‘payishi va jadal rivojlanishiga ta’sir etadigan muhim omil - sanoatdir. 1780-yillarda ro‘y bergan sanoat inqilobi natijasida sanoat shaharlari (industrial shaharlar) vujudga kela boshladi. Hozirgi kunda yer yuzidagi barcha shaharlarda sanoat korxonalari mavjud. Ayrim shaharlar sof sanoatga ixtisoslashgan bo‘ladi: Chirchiq, Bekobod, Olmaliq va h.k. Ayniqsa, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari-ixtisoslashuv, kooperatsiya, mujassamlashuv va boshqalar asosida shaharlar va ulaming tizimlari shakllanadi. Mamlakatlardagi sanoat ishlab chiqarishini asosiy qismini shaharlar turadi. Shaharlarning ajralmas tarkibiy qismidan biri - transport hisoblanadi. N.N.Baranskiy shaharlar yo‘llar bilan birga hududning asosi - “qovurg‘asini” tashkil etadi, deb hisoblaydi. Shaharlarning ko'pchiligi yo‘llar bo‘ylarida, ulaming chorrahalarida vujudga keladi. Transport rivojlanishi bilan shahar hududi ham, yer yuzida ulaming tarqalish hududi ham kengayib boradi, barcha shaharlar bir-birlari bilan transport yoMlari orqali bogianib, shaharlar to‘rini hosil qiladi. Download 112.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling