Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Suv omborlar bilan bog‘liq bo‘ladigan holatlar


Download 158.75 Kb.
bet8/8
Sana08.03.2023
Hajmi158.75 Kb.
#1250585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqilish2

Suv omborlar bilan bog‘liq bo‘ladigan holatlar. Suv omborlari barpo etilgach, ularning har biri o‘ziga xos bo‘lgan suv sathi, harorati, gidroximiyaviy, gidrofizik va gidrobiologik rejimlarga ega bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda daryolar, kanallar suvi bilan oqib keladigan oqiziqlar va suv massalarining shamol ta’sirida harakatlanib, to‘lqinlar hosil bo‘lishi, ular ta’sirida qirg‘oqlarning yemirilishi tufayli suv ombori kosasining shakli va hajmi o‘zgara boradi. Bundan tashqari suv ombori bunyod etilgach, u egallagan va uning ta’siri seziladigan hududlarda ham keskin o‘zgarishlar bo‘ladi.
Bu o‘zgarishlar majmuiga quyidagilar kiradi:
-ko‘plab yer maydonlari suv ostida qoladi;
-yer osti suvlari rejimi o‘zgaradi;
-suv omborining ta’siri seziladigan yerlardagi tuproqning suv bilan bog‘liq xususiyatlari o‘zgaradi;
-meteorologik elementlar-havo harorati, havo namligi, shamol rejimi o‘zgaradi. Ayrim yirik suv omborlari ta’sirida atrof hududda hatto bulutlik va yog‘in miqdori ham o‘zgaradi;
-yuqoridagi o‘zgarishlarga bog‘liq holda va ularning natijasi sifatida suv ombori hamda uning atrofida o‘simlik qoplami, hayvonot olami ham o‘zgaradi.
Suv omborlarini qurish natijasida har bir hududning suv balansi elementlarida ham o‘zgarish bo‘ladi.
Shu narsa ham ma’lumki, tekislikdagi suv omborlari yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdori tog‘lardagiga nisbatan bir muncha katta bo‘ladi. Tog‘lardagi suv omborlarining afzalligi yana quyidagilardan iborat: daryo vodiysi mavjud bo‘lgani uchun faqat to‘g‘on qurish kerak; katta yer maydonlarini suv bosmaydi; ularning yer osti suvlari sathiga ta’siri tekislikdagi kabi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi; energiya olish uchun qulay.
Suv omborlari barpo etilgach, juda katta miqdordagi suv ularni to‘ldirishga sarf bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) hajmini to‘ldirishga ketadigan sarf vaqtinchali, ya’ni istalgan vaqtda undan foydalanish mumkin bo‘lsa, foydasiz hajmini to‘ldirishga ketgan suvdan esa bunday foydalanishning imkoniyati yo‘q.
Sayyoramizda jumladan, respublikamizda barpo etilgan suv omborlardan iqtisodiyotning barcha sohalarida, nafaqat qishloq-xo‘jaligi tarmoqlarini suv bilan ta’minlash, undan tashqari eng orzan gidroelektr toki olish - gidroenergetikani, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlarning toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi.
Shuningdek, so‘ngi yillarda suv turizmini rivojlantirish, unda turli sport musobaqalari uyushtirish, suv ombor havzalari bo‘yida yozgi dam olish maskanlarini barpo etish, ekoturizmni ya’ni sayr-sayohatlar tashkil etish orqali kishilar sog‘ligini tiklash ishlariga kumak berish bilan birga mamlakat iqtisodiyotiga ham katta sarmoya olib kirish imkoniyatlari mavjud.
Hozirgi kunga kelib, o‘lkamizda ko‘plab katta-kichik suv omborlari ishlab turibdi. Ular o‘zi joylashgan hududning suv havzalari qatoridan munosib o‘rin egallagan va shu hudud iqtisodiyotining tegishli sohalariga xizmat qilmoqda.
Har bir suv omborida, u qaysi davlat hududida joylashgan bo‘lsa, shu davlat Gidrometeorologiya xizmati va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari tomonidan maxsus kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatishlar suv omborlarining suv sathi rejimini, gidrobiologiyasini, gidroximiyasini, gidrofizikasini, gidrodinamikasini o‘rganish maqsadida amalga oshiriladi. Ayni paytda to‘plangan kuzatish ma’lumotlari suv omborlariga xos bo‘lgan qonuniyatlarni to‘la ochib berish uchun yetarlidir. Bu vazifani bajarish va har bir suv ombori haqida tegishli xulosalar chiqarish mutaxassislar-gidrologlarning vazifasidir.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Rasulov A.R., Hikmatov F.H., Aytbaev D.P. Gidrologiya asoslari. Toshkent- Universitet- 2003.

  2. Ikramova M.R Suv omborlari gidrologiyasi o’quv qo’llanma. Toshkent-Baqtriya Press -2019

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.staff.tiiame.uz

Download 158.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling